Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


J.Piajening intellekt operatsional ta’Iimoti



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

9.2. J.Piajening intellekt operatsional ta’Iimoti
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va 
izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa bir vaqtning o‘zi- 
da bir qancha, ya’ni biologik, gneseologik, psixologik, manti- 
qiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo‘lgan murakkab tizim sifatida 
intellektni kompleksli o‘zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikri­
ga kola, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni 
nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariya­
sining asosiy savollariga eksperimental javob berishni talab qiladi: 
anglanilmaganlikdan bilishga, noaniqlikdan aniq bilishga o‘tish 
qanday sodir bo‘ladi. Tug'ma g‘oyalar mavjudmi yoki bizning bi- 
limimiz butunlay tajribadan olinadimi, bilishning asosiy kategori- 
yalari tushunchalari obyekt, makon, vaqt, miqdor va boshqalar 
qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhiti- 
ga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qan­
day tirik organizm atrof-muhit bilan uyg‘un o‘zaro munosabat- 
ni qollab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega boladi. Ya’ni muhitga
161


moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo‘lish kuzatiladi. 
Muhit ta’siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm ya­
na qaytadan muvozanatga, moslashishga erishish uchun yo‘qotil- 
gan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo‘lishi kerak. 
Masalan, kesilgan barmoq, ya’ni chetdan muhit ta’sirida lat ye- 
yish, jarohat olish, o‘zini o‘zi nazorat qilish jarayonlarini faol- 
lashtiradi, ular pirovard natijada turg‘unlikni, barqarorlikni, ya’ni 
kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Pia­
je tomonidan muvozanatga, xususan bilishga intilish rivojlanish- 
ning yuqori tamoyili sifatida e’tirof etilgan. Muvozanat omilini 
joriy etish harakatda bo‘lish jarayoni o‘zini o‘zi rivojlantirish si­
fatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi sifatida tushuni- 
lishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil 
yo‘nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan 
hosil bo‘ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi 
yo‘nalgan, lekin chambarchas bog‘liq va xulq-atvordagi bir-birini 
to‘ldiruvchi tendensiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa 
bo'ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo‘lgan harakat 
chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo‘ladi. Mutolaa 
qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib 
olish chizmasidan foydalanib, har xil obyektlarni olishi mumkin. 
Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini, barqarorli- 
gini ta’minlaydi. Muammoli vaziyatning o‘zi yoki yangi obyekt 
ba’zi o‘zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya — bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga mu- 
vofiq ravishda chizmani o‘zgartirishda rivojlanish, yangi chiz- 
malarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Assimilyatsiya va akkoma­
datsiya tendensiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada 
samarali moslashuvni ta’minlaydi, lekin bu holat har doim tax- 
miniy vaqtincha bo‘lib, buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy 
qismlarni xulq-atvordagi o‘zaro aloqasi har xil bo‘lishi mumkin. 
Akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalar- 
ning ramziy o‘yinlarida kuzatiladi. Bolaning xohishi va qiziqishi- 
dan bog‘liqlikda qari daraxt bo‘lagi «hazilkash» ham qo‘g‘irchoq,
162


ham qayiq, ham samolyot bo‘lishi mumkin. Akkomadatsiya 
ko‘proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta’sir xususiyatlari- 
ga o‘z xulq-atvorini o'xshatish vaziyatida (masalan, bola quti- 
ning ochilib yopilishini og‘iz harakatlari orqali taqlid qiladi «o‘lik 
o‘rdak» obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon boladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydala­
nish tajribasi asosida shakllanadi. Obyektlarni bilish uchun sub- 
yekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab 
ko‘rish, yaqinlashish, yo‘q qilish, aralashtirish, taqqoslash va 
boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko‘rinishida 
saqlanadi. Faoliyat chizmasi — J.Piaje ta’limotidagi juda muhim 
tushunchalardan biridir. So‘zning tor ma’nosida harakat chizma­
si tushunchasi bu umumiy bolib, turli vaziyatlarda ko‘p mar­
ta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So'zning keng ma’nosi­
da harakat chizmasi — bu ma’lum bir darajadagi aqliy rivojlanish 
tuzilmasidir. Ma’lum bir bosqichda harakatning umumiy chiz- 
masini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. 
Shuning uchun J.Piaje ta’limoti operatsional deb ataladi. Ope- 
ratsiya — bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ich­
ki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davo­
mida shakllanadi, egallagan tajribaga ega bolib, rivojlanishning 
turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va ak­
komadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluk­
sizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi, fikrlash harakatlarini (tu­
zilishi) tashkillashning o‘ziga xosligi esa intellektning ajratilgan 
bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko‘ra, psixikaning rivojlanishi
— bu yetakchi intellektual ko‘rinishlarini o‘zgarishidir. Har bir 
bosqich boshqasining ustiga ko‘riladi, ularning har biri keyingi- 
larini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) 
kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan, ularni yuz 
berish tezligi esa har xil bolishi mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin