Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


J.Piaje qarashlarini L.S.Vigotskiy tomonidan tanqidiy tahlili



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

J.Piaje qarashlarini L.S.Vigotskiy tomonidan tanqidiy tahlili.
J.Piajening egotsentrik nutq vazifasi va taqdiri haqidagi farazidan 
gumon qilib, L.S.Vigotskiy rus psixologiyasida birinchi bolib 
bolalar egotsentrizm fenomenining nazariy tahlili va eksperi-
159


mental tadqiqini (o‘tkazgan) ochib bergan. L.S.Vigotskiy bola­
ning rivojlanishida egotsentrik nutqni yuzaga kelishi haqida o‘z 
farazini taklif qilgan. U egotsentrik nutqni «o‘zi uchun nutq» si­
fatida tashqi ijtimoiy nutqdan ichkiga o‘tish bosqichi sifatida tal- 
qin qilgan.
Bundan kelib chiqib ichki nutq rivojlanishining boshlang‘ich 
shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilish shakli sifatida o‘zi- 
ga xos xususiyatlari xarakterlidir: vaziyatda chetda bo‘lgan atrof- 
dagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushirib qoldirish- 
ga moyillik, egotsentrik nutq kattalarning ichki nutqi bilan uni 
yaqinlashtiruvchi, juda muhim vazifani bajaradi: bola xulq-at­
vorini rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish (funksiyasi) 
vazifasi.
L.S.Vigotskiy egotsentrik nutq vazifalarini bunday izohlani- 
shini isbotlash uchun qator o‘ziga xos eksperimental usullarni 
qollagan. Masalan, bolalarning erkin faoliyati jarayoniga buzi- 
lishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma’lum bir vaziyatni bolada ke- 
rakli qalam, qog‘oz bo'yoqni mavjud emasligi. Ma’lum bo‘lishi- 
cha, qiyinchilik vaziyatida egotsentrik nutq koeffitsienti deyarli 
ikki martaga oshgan. Bola yuzaga kelgan vaziyatni anglashga 
harakat qilib o‘z-o‘zi bilan mulohaza yuritadi: «Qalam qayerda 
endi qizil rangda chizib suv bilan ho‘llayman (namlayman), u 
qorayadi va ko‘k rangga o‘xshab qoladi». Singan qalam tramvay 
g‘ildiragini to‘g‘ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm sujeti- 
ni o'zgartirishga undaydi, keyin gap tramvayning ishdan chiqishi 
va uni sozlash haqida ketadi. Egotsentrik nutq funksiyasi xulq-at- 
vorning murakkab uyg‘unligidir (ritmligi) yanada keng ma’noda 
murakkab vaziyatdan chiqish rejasini ishlab chiqish kelgusidagi 
xatti-harakatlarni fikrlash, rejalashtirish va boshqarish vositasidir. 
Shu o‘rinda bunday rol haqida J.Piaje quyidagi fikrlarni bildir- 
gan: bola o‘zining xatti-harakatlari xususida faqat ovoz chiqa- 
rib o‘ylasaa, sira hech nimani hech kimga aytishni xohlamaydi. 
Bunday tarzda egotsentrik nutq taqdiri uning xususida butunlay 
ichki nutqqa tubdan o‘zgartirish bilan bog‘liq. J.Piajening egot-
160


sentrik nutq haqidagi dastlabki tasavvurlarini (J.Piaje egotsentrik 
nutqni ta’limotining negizi sifati ko‘rib chiqqan) L.S.Vigotskiy 
buzib, egotsentrizm fenomenining o‘zini inkor qilgan.
J.Piaje hamkasbining egotsentrik nuqtayi nazarini rivojla­
nish yo‘llari haqidagi aytgan farazining ahamiyatga ega ekan- 
ligini e’tirof etgan. U egotsentrizm individualizm emasligini o‘z 
«Men»ini anglashni haddan ortiq oshib ketmasligini, balki bilish 
istiqbollarini o‘zgartirishini oldindan detentratsiya qila olmas- 
lik ekanligini e’tirof etib, yana bir bor egotsentrizm tushunchasi- 
ga oydinlik kiritgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, egotsentrizm fenomeni 
umumiy xarakterga ega bo‘lib, nutq sohasida faqat uni ifodalash 
bilan bog‘lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi, xususan kattalarda 
fikr-mulohaza yuritganda yoki bilish jarayonida o‘zining obyek­
tiv holatini hisobga olmaganda (dastlabki faoliyat davrida ma’ru- 
za o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘zi qay darajada bilsa, taxminan shu da­
rajada talabalar biladi, deb o‘ylashi mumkin) kuzatiladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin