Saparboyev Artikboy Alimovich Amudaryo tumani 42-sonli maktab
2
2010 dasturida buyruqlarni o‘zbek tilida ifodalash imkoniyati borligini ta’kidlab o‘tish joiz.
MS WORD dasturni ishga tushirish va unda ishni tugallash
Microsoft Office 2010 dasturlar majmuasining MS Word dasturini ishga tushirish turli xil usulda amalga
oshirilishi mumkin:# masalalar paneliga biriktirilgan bo‘lsa,
piktogrammasi yordamida;tire,
uzun tire
yoki qo'shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi. Word dasturida ishni tugallash uchun
piktogrammasini
yoki fayl
menyusining Выход,ya’ni Chiqishbuyrug‘ini tanlash, yoki Alt + F4 klavishlarini birga bosish yetarli.
WORD interfeysi
Ishga tushirilgan MS Word dasturi interfeysida (quyidagi rasm) sarlavha satri 1, menyular satri 2,
tasma 3, ish sohasi 4va holat satri 5aks etadi.Sarlavha satrida Microsoft Word dasturida ishlanayotgan
hujjatning nomi, ish faoliyatida juda ko‘p qo‘llaniladigan tugmalarni o‘zida mujassamlashtira
oladigantezkor panel 6
hamda
tugmalari aks etadi. Odatda, hujjatga nom berilmagan bo‘lsa,
sarlavha satrida Документ1 (Hujjat1) nomi aks etib turadi. Menyular satridagi har bir menyuo‘ziga xos
(yuqoridagi rasmda
shtrix chegarali to‘rtburchak ichida ko‘rsatilgan) tasmabilan bog‘langan. Tasmalar matn protsessori bilan
ishlashda qulaylik hamda imkon beradigan tugmalarni o‘z ichiga olgan (Paint
dasturi uskunalar panelini
eslang). Amaliy ishlarni bajarayotganingizda, asosan, quyidagi menyular tasmalaridan foydalanasiz:
Fayl(Файл), Bosh(Главная), Joylashtirish (Вставка), Sahifani belgilash(Разметка страницы),
Ko‘rinish(Вид). Ish sohasining kattaroq qismini ko‘rish zarur bo‘lsa, u holda 7 tugma yordamida tasmani
«yig‘ib» ham qo‘yish mumkin.Tasmalar, o‘z navbatida, qo‘llanadigan obyektiga hamda vazifasiga mos
nombilan birlashtirilgan tugmalarning mantiqiy guruhlaridan iborat. Masalan, yuqoridagi rasmda
tasvirlangan Bosh (Главная) menyusi
tasmasi Буфер обмена, Шрифт, Абзац, Стили va
Редактирование kabi mantiqiy guruhlardan iborat.
Har bir menyu hujjat tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, tasmasi vertikal yo‘nalishda aks
etadigan Faylmenyusi yordamida ishlanayotgan hujjat fayli ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
IV. Mustahkamlash (7 daqiqa)
1. Matn muharrirlariga nisbatan matn protsessorlarining afzalligi nimada?
2. Matn protsessorida hosil qilingan matn qanday ataladi?
3. Word matn protsessorini ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib bering.
4. Word matn protsessorining interfeysi haqida qisqa ma’lumot bering.
5. Word matn protsessorining sarlavha satrida nimalar aks etadi?
6. Word matn protsessorining Fayl menyusi amallarini izohlang.
7. Word matn protsessorida tasmalar qanday vazifani bajaradi?
8. Word interfeysi rasmidan shrift, satr, abzas kabi tushunchalarga misollar ko‘rsating.
9. Shu
darslikdan shrift, so‘z, satr, hoshiya, abzas kabi tushunchalarga misollar ko‘rsating.
10. Word matn protsessoridagi vorislik xususiyati haqida so‘zlab bering.
11. Word dasturida saqlangan hujjat qaysi papkaga joylashadi?
V. Baholash. (2 daqiqa)
Darsda qatnashishi, uy vazifasi bahosi, savollarga bergan javobiga qarab
o’quvchilarni reyting asosida baholayman.
Uyga vazifa. (2 daqiqa)
4. Uyda tayyorlagan «Tarjimayi hol» sarlavhali besh abzasli mat ningizni
Word matn protsessorida
yozing. Ona tilidagi abzas tushun chasi bilan Worddagi abzas atamasini taqqoslang. Hujjatni «Tarji mayi
hol1» nomi bilan saqlang.
.