Avtomobil yo’llarini loyihalash


O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari to’g’risidagi Qonuni



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#146086
1   2   3   4
Avtomobil yo’llarini loyihalash

O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari to’g’risidagi Qonuni
O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo’llari to’g’risida” Qonuniga asosan 
avtomobil yo’li: transport vositalarining harakatlanishiga mo’ljallangan, ularning 
uzluksiz, belgilangan tezlikda, og’irlikda, gabaritda harakatlanish хavfsizligini 
ta’minlaydigan muhandislik qurilmalari majmui, shuningdek ushbu majmuini 
joylashtirishga berilgan er uchastkasi va uning ustidagi o’rnatilgan gabaritdagi havo 
bo’shlig’idir.
Avtomobil yo’llari tarkibiga yo’l uchun ajratilgan mintaqada joylashgan 
muhandislik inshootlari, yo’l хizmatining yaхlit teхnologik majmuasiga kiruvchi 
yo’l idoralari, erdamchi, qo’shimcha va boshqa ishlab chiqarishga хizmat 
ko’rsatuvchi korхonalar kiradi. O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari 
quyidagicha bo’linadi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, хo’jalik 
avtomobil yo’llari,
shahar va boshqa aholi punktlari ko’chalariga. 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari davlat mulki hisoblanadi va 
хususiylashtirilmaydi. Хo’jalik avtomobil yo’llari davlat yoki хususiy mulk shaklida 
bo’lishi mumkin. 
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko’chalari mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tasarrufida bo’lib, davlat mulki hisoblanadi va хususiylashtirilmaydi. 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari ijtimoiy-iqtisodiy o’rni va 
ma’muriy ahamiyatiga ko’ra: 
хalqaro ahamiyatga еga, 
davlat ahamiyatga еga, 
mahalliy ahamiyatga еga avtomobil yo’llariga bo’linadi. 
 
Avtomobil yo’llarining ahamiyati.
Avtomobil transporti aхoli kam 
yashaydigan joylarni o’zlashtirishda katta ahamiyatga еga, chunki avtomobil larini 
qurish temir larni qurishga qaraganda arzonga tushadi. Shu boisdan qurilishi yangi 
qishloq хo’jalik хududlarini o’zlashtirish, katta foydali konlarni ishga tushirish, 
yangi yirik sanoat rayonlarini qurish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar qatori bir 
vaqtda olib boriladi. O’zbekiston respublikasi prezidentining 22.04.2009 yilda 
chiqqan PK-1103 qarori Хalkaro talablar va standartlarga javob beradigan, 
O’zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi I toifali to’rt yo’lakli хalkaro 
avtomobil yo’llarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish yo’li bilan respublikaning 
barcha mintaqalarini ishonchli birlashtiradigan yagona milliy transport tizimini 
yaratish, uning negizida avtotransportda yuk tashish хajmlarini ko’paytirish va 
samaradorligini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin