157
7 D
Tayanch so‘z va iboralar:
autekologiya,
diqqat markazida, tirik zot,
omil, tabiatni muhofaza qilish, biologik afzal ko‘rmoq, hayot sharoitini,
tadbir, tur, maqbul,
tirik organism, unsur, jonsiz tabiat, oqilona, oqibat,
oxir-
oqibatda, bardoshlilik, bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish, zimmasiga
vazifa yuklamoq, ta’sir ko‘lami, o‘zaro bog‘liq
hodisalar zanjiri, kun
ko‘rmoq, o‘tamoq, umumlashma ma’no, mo‘tadil hayot kechirish, namoyon
bo‘lmoq.
I.
Qavslarni to‘g‘ri oching:
(Ekologiya fani) tanishmoq, (diqqat markazi) bo‘lmoq, (sharoit)
aloqadorlik,
(ta’sir ko‘rsatmoq) muhit, (ekologiya) ta’sir ko‘rsatmoq, ( salbiy
oqibatlar)
olib kelmoq,
Matnni o‘qing
EKOLOGIK OMILLAR
Ekologiya bilan tanishuvimizni eng chuqur ishlab chiqilgan va
tadqiq
etilgan
bo‘limlardan biri autekologiyadan boshlaymiz. Autekologiyaning
diqqat markazida
tirik zotning yoki zotlar
guruhining atrof muhit
sharoitlari bilan o‘zaro
aloqadorligi
masalasi turadi. Shu sababli
autekologiyaning asos tushunchasi ekologik omil, ya’ni organizmga ta’sir
ko‘rsatuvchi atrof-muhit omilidir.
Shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan biror bir tadbirni
muayyan omilning ma’lum biologik turga ta’sirini o‘rganmasdan
turib
amalga oshirib
bo‘lmaydi. Chindan ham,
muayyan
turni u qanday hayot
sharoitini
afzal ko‘rishini
bilmasdan turib, qanday qilib muhofaza qilib
bo‘ladi? Hatto ongli inson kabi turning «muhofazasi»
sanitariya-gigiyena
me’yorlarini bilishni talab qiladi, shuning o‘zi insonga nisbatan qo‘llanadigan
turli ekologik omillarning eng
maqbulidir
.
Atrof-muhitning inson organizmiga ta’siri ekologik omil deyiladi. Bu
tushunchaning ilmiy ta’rifi quyidagicha:
EKOLOGIK OMIL – atrof-muhitning tirik
mavjudot
moslashishi
mumkin bo‘lgan har qanday sharoitidir.
Ekologik omil muhitning tirik organizmlarga hech bo‘lmaganda ular
rivojlanishining biror bosqichida bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi
unsuridir.
O‘z tabiatiga ko‘ra ekologik omillar uch guruhga bo‘linadi:
abiotik omillar
– jonsiz tabiatning ta’siri;
biotik omillar
– jonsiz tabiatning ta’siri;