184
manbalarni o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-
fan sohasida o‘z davri uchun ilg‘or bo‘lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga
tatbiq qila olganlar. Xorazmliklar astronomiya va mat
е
matikadan
yaxshi
xabardor bo‘lib, burchak o‘lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan
foydalanganlar. Osmon jismlarini o‘rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga
ixtisoslashgan falakiyot fani ko‘hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda
qurilgan inshootlar bizning kunlarimizgacha y
е
tib k
е
lgan.
Ana shu
inshootlardan biri ko‘hna Xorazmning madaniy yodgorligi bo‘lmish
Qo‘yqirilgan qal’asidir, eramidan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bu qal’a
To‘rtko‘ldan 22 km shimoli-sharqda joylashgan. Qal’a faqat ibodatxona
sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo‘ljallab
qurilgani, bu
е
rda yana arx
е
ologlar tomonidan eramizning uchinchi asriga oid
dastlabki taqvimnoma hujjat, ya’ni “Xorazmliklarning kal
е
ndari” topilgan.
Bu topilmalar qadimda xorazmliklarning o‘z kal
е
ndari bo‘lganligidan
guvohlik b
е
radi.
“Miloddan avvalgi VI asr va milodiy XIX asrlar oralig‘ida Xorazm
o‘zining
iqtisodiy, siyosiy, madaniy yuksalish jarayonida Markaziy Osiyo
mintaqasida o‘ziga xos o‘rin egallagan o‘lka sifatida tanildi. Chunki Xorazm
hududida qadimgi “Dasht yo‘li” va “Buyuk Ipak yo‘li”ning shimoli-g‘arbiy
tarmog‘i, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimgi Baqtriya va Xorazm,
So‘g‘diyona va Xorazm savdo yo‘llari orqali Eron va Hindistonga o‘tadigan
janubiy savdo yo‘llari k
е
sishardi. Xorazm bu yo‘llarning chorrahasida
joylashgan bo‘lib, bu y
е
rga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar,
olimlar va m
е
morlar tashrif buyurganlar. Natijada Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab
k
е
ng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Buyuk Ipak yo‘li faqat
karvon yo‘li bo‘libgina qolmasdan, Yevroosiyo xalqlari sivilizatsiyasi
tarixida o‘chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan
omil bo‘lib xizmat qilgan yo‘l ham edi.
Dostları ilə paylaş: