Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

6-DARS 
6 A 
TOSHKENT TARIXI 
Toshkent vohasi Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo 
etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda 
u uchta – Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu 
tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. 
Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq 
havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi 
ba'zi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. 
Taxminan uch ming yil ilgari Toshkent vohasida dastlabki dehqon jamoalari 
paydo bo‘lgan. Ular bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan. 
Tekisliklar, adirlar va tog yonbag‘irlari xo‘jalik asoslarini har tomonlama 
rivojlantirish uchun juda qulay sharoit yaratgan. Hozir Toshkent shahri 
joylashgan vohadagi tabiiy suv tarmoqlari tabiiy sug‘orishga asoslangan 
dehqonchilikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan. 
Toshkent vohasida o‘troq dehqonchilik va ilk shahar madaniyati qadimiy 
bo‘lishiga qaramay, shaharning o‘z tarixini miloddan avvalgi I asr oxiridan 
yozma manbalar va hozirgi shahar ichidagi qadimgi shahar xarobasi (Mingo‘rik) 
saqlanib qolgan vaqtdan boshlaganini kuzatish mumkin. Mingo‘rik Salor kanali 
bo‘yida, hozirgi Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan bo‘lib, uning nomi bu 
yerda XIX asrda mavjud bo‘lgan katta o‘rikzordan olingan. O‘sha davr 
xaritalariga ko‘ra, qadimgi shahar o‘rni taxminan 35 ga joyni egallagan. 
Binkat Toshkent – Shoshning o‘rta asrdagi poytaxti.
Kultepadan 8 km shimoli-g‘arbda, bir vaqtlarda Shoshning ilk o‘rta asrdagi 
shahar dahasiga kirgan yangi yerda poytaxt qaytadan barpo etildi. Uning 
xarobalari Toshkentda XIX asr davomida olib borilgan qurilishlar natijasida 
ko‘milib ketdi. 
Shunday qilib, XIV asr boshlariga kelib Toshkent o‘z aholisining avvalgi 
sonini tikladi. Shahar uning muzofotini tashkil qiluvchi qishloqlar bilan o‘ralgan 
edi. U musulmon madaniyati markazi sifatidagi avvalgi shuhratiga qayta ega 
bo‘ldi. 
O‘zaro urushlar, Amir Temur va temuriylar saltanatining parchalanib ketishi 
natijasidagi jarohatlarga qaramay, XVI asrda ham Toshkent obod shahar bo‘lib 
qolaverdi. 
Shahar chekkasida, Kaykovus arig‘i yoqasidagi xushmanzara joyda 
shayboniy sultonlarining qarorgohi joylashgan bo‘lib, "Shoirlar bog‘i" deb 
atalgan bog‘ vujudga keltirilgandi. Bu yerda olimlarning bahs-munozaralari 
bo‘lib o‘tar, mushoiralar tashkil qilinardi. 


183
1991 yildan O‘zbekiston va uning poytaxti Toshkent tarixida yangi davr 
boshlandi. Mustaqillik yillari mobaynida butun mamlakatning ham, uning 
poytaxtining ham qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin