61
1. Depressantlar – asab tizimi faoliyatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatuvchi
moddalar. Ularga ko‘knori va undan tayyorlangan: morfin, omnopon,
pantopon, promedol, fentanil kiradi.
2. Stimulyatorlar (rag‘batlantiruvchilar) – qo‘zg‘atuvchi moddalar. Ular
sirasiga kokain, efedrin, «ekstazi» sidnofek, kofein va boshqalar kiradi.
3. Gallyutsinogenlar – miyaga ta’sir ko‘rsatuvchi va gallyutsinatsiya
qo‘zg‘ovchi moddalar. Ularga nasha, marixuana, LSD va boshqalar kiradi.
Giyohvand moddalar faqat organizmga tushganidan keyin ta’sir ko‘rsata
boshlaydi. Giyohvand modda iste’mol qiluvchilarning xotirasi
yomonlashadi, ularning yagona maqsadi – giyohvand modda topish va qabul
qilish. Ular boshqa biror narsa haqida o‘ylash qobiliyatini yo‘qotadilar, ota-
onalari, do‘stlari, farzandlaridan voz kechadilar.
Giyohvand
modda
iste’mol qiluvchi kishi istagan paytida bundan voz kecha olaman deb
o‘ylaydi. Aslida, organizm giyohvand moddaga juda tez odatlanadi, agar uni
vaqtida qabul qilmasa, qattiq xumor tutadigan bo‘lib qoladi. Xumor –
abstinent sindromidir. Bu alohida organlar bilan birga butun organizm ham
yemirila boshlaganining alomatidir.
Giyohvand moddalar savdosi juda katta daromad manbayi hisoblanadi
va bu ish bilan shug‘ullanuvchilar o‘z daromadlarini oshirish uchun hech
narsadan qaytmaydilar. Ular agar giyohvand moddaga o‘rgatib qo‘yilsa,
mo‘may daromad manbayiga ega bo‘lishlarini yaxshi biladilar. Shuning
uchun kishini giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish va doimiy mijozga ega
bo‘lish uchun turli usullardan foydalanadilar: giyohvand moddani bepul tatib
ko‘rishni taklif qiladilar, ko‘ndirishga urinadilar, kishilarning zaifliklaridan
foydalanadilar. Agar kishi ma’nan zaif va ojiz bo‘lsa, juda tez tushkunlikka
tushib qoladi. Mana shunday insonlar ba’zan osongina ularning mijozlariga
aylanadilar. Shu sababdan ham giyohvandlik dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda.
Giyohvand moddalar ko‘plab iste’dodli kishilarning azobli o‘limiga sabab
bo‘lmoqda. Giyohvand moddalar qabul qiluvchilarning asosiy qismi o‘zlari
istamagan holda giyohvand bo‘lib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
giyohvand moddalarni tatib ko‘rganlarning 90 foizi ularni iste’mol qilishning
xavfli oqibatlarini hatto xayollariga ham keltirmaganlar. Ularda giyohvand
moddalar va ularning zararli ta’siri haqida yetarli ma’lumot olish imkoniyati
bo‘lmagan!
Dostları ilə paylaş: