Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 


71
3-mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘ying:
madaniy, sho‘r, kichik, kambag‘al, aqlli, ahmoq, milliy 
1. Ovqatga tuzni ko‘p solibsan, ovqating ..... bo‘libdi. 2. Do‘ppi va chopon 
o‘zbeklarning..... kiyimi. 3. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida iqtisodiy va ..... 
aloqalar rivojlanyapti. 4. Vatikan dunyodagi eng …. mamlakatdir. 5. Agar 
odamda muammo paydo bo‘lsa, …. kishi muammoning sababini o‘zidan izlaydi, 
... .... kishi boshqa odamlardan qidiradi. 6. Afrika mamlakatlarida aholining 
....qismi ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
 
 
4-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga mos sifatlarni qo‘ying.
 
Namuna: Dunyodagi .....yozuvlardan biri mixxat yozuvidir. – Dunyodagi 
eng qadimgi 
yozuvlardan biri muxxat yozuvidir.
1.Go‘dak uchun .... oziq ko‘krak sutidir. 2. Inson uchun hayotda salomatlik 
...... narsa yo‘q. 3. Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish........oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. 4. Giyohvand moddalar savdosi ...... daromad manbai 
hisoblanadi va bu ish bilan shug‘ullanuvchilar o‘z daromadlarini oshirish uchun 
hech narsadan qaytmaydilar. 5. Xiyobonda .......atirgullar ochilib yotibdi. 6. 
Akam mendan uch yosh katta bo‘lsa ham bo‘yi menikidan......7. Everest 
dunyodagi...... cho‘qqidir. 8. Kishilarni giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish, 
xalqlarni o‘ziga qaram qilib olish maqsadida tekinga tarqatish BMT tomonidan 
insoniyatga qarshi ..... jinoyatlardan biri deb tan olingan. 
5-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga mos sifatni qo‘yib, maqollarni izohlab bering. 
1.
Mard bir o‘lar, ..... – yuz o‘lar. 2. ..... gapning to‘qmog‘i bor. 3. ...siz 
yangi bo‘lmas, ...siz yaxshi bo‘lmas. 4. ... odam til bilan kuydiradi. 5. .... 
daraxtning shoxi tikka. 6. ...... toshning og‘irligi yo‘q. 7. .... pichoq qo‘l kesar. 
8..... boydan yurt qolmas, .... boydan cho‘p qolmas. 9. .... g‘azab – o‘zingga azob. 
10. .... o‘rtoq ham oshingni yer, ham boshingni. 
6-mashq. 
Birikma tuzing: 
Qobiliyatli 
baland 
keng 
tor 
semiz 
ozg‘in 
uzun
qisqa 
kuchli 
iqtisodiy 
milliy 
harbiy 
foydali 
ko‘cha 
bo‘y 
ayol 
shim 
urf-odat 
soch 
vaqt 
vazir 
maslahat 
siyosatchi 
qiz 
manfaat 
talaba 


72
7-mashq. 
Insonning tashqi qiyofasini va fe`l-atvorini ifodalovchi 
sifatlarni yozing. 
Namuna:
1.Yuz (co‘zinchoq, dumaloq, kichkina). 
2. Ijobiy xislatlar: samimiy, yumshoq, sodda; salbiy xislatlar: 
ayyor, xudbin. 
8-mashq. 
Berilgan sifatlarni orttirma daraja hosil qiluvchi so‘zlar 
qo‘llamasdan belgi darajasi kuchli sinonimi bilan almashtiring. 
Namuna : 
Baland tog‘lar – azim tog‘lar. 
katta daromad, chiroyli manzara, kichkina bola, ozg‘in yigit, yechimi 
qiyin muammo, kuchsiz bola, toza osmon, kuchli organizm, yomon oqibat. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin