Islom dinidagi aqidaviy yo’nalishlari va maktablari



Yüklə 13,18 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü13,18 Kb.
#207498
  1   2   3   4
XUDOYBERDIYEV ABDULLOH

ISLOM DINIDAGI AQIDAVIY YO’NALISHLARI VA MAKTABLARI

7K-23MT TALABASI

XUDOYBERDIYEV ABDULLOH

REJA:

1.ISLOM DINI

2.ISLOM DINI TALIMOTI

3.ISLOMDAGI MAZHABLARI

4.MOTURIDIYA TALIMOTI

5.ASH’ARIYA TA’LIMOTI

Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi, lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.


Jahonda dunyo aholising 24,9%i, yaʼni 1,1–1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20%idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (KiprLivanIsroil, mustasno), SenegalGambiyaNigerSomali

ISLOMDAGI MAZHABLAR

  • Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiy, molikiy, shofiʼiy, hanbaliy (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi. Yirik musulmon universitetlarida toʻrtala mazhab boʻyicha alohida dars beriladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan[1].

Yüklə 13,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin