III.
Quyidagi savollarga javob bering.
1.
Kembrij universiteti qanday tashkil topgan?
2.
Nima uchun bu universitetlar dunyoda juda katta mavqega ega?
3.
Oksford universitetining tashkil topishiga asosiy sabab nima bo‘ldi?
4.
Universitetda o‘qish tizimi qanday?
5.
Bodlian kutubxonasi qanday mavqega ega?
6.
Universitet muzeyida nimalar saqlanadi?
92
Tarjima qiling.
ГАРВАРД
Гарвард
—
старейший
из
университетов
США
,
был
основан
8
сентября
1636
года
.
Назван
в
честь
английского
миссионера
и
филантропа
Джона
Гарварда
.
Хотя
он
никогда
официально
не
был
связан
с
церковью
,
в
колледже
обучалось
главным
образом
унитарное
и
конгрегационалистское
духовенство
.
В
1643
году
английская
аристократка
Энн
Рэдклифф
учредила
первый
фонд
для
поддержки
научных
исследований
.
В
течение
XVIII
века
программы
Гарварда
становились
более
светскими
и
к
концу
XIX
века
колледж
был
признан
центральным
учреждением
культуры
среди
элиты
Бостона
.
После
гражданской
войны
в
США
,
президент
Чарльз
Эллиот
после
сорока
лет
правления
(1869—1909)
преобразовал
колледж
и
зависимые
от
него
школы
профессионального
образования
в
централизованный
исследовательский
университет
и
Гарвард
стал
одним
из
основателей
Ассоциации
американских
университетов
в
1900
году
.
Дрю
Джилпин
Фауст
была
избрана
28-
м
президентом
Гарварда
в
2007
году
и
стала
первой
женщиной
,
руководящей
университетом
.
Гарвард
имеет
самый
большой
эндаумент
(
целевой
капитал
)
в
мире
,
который
составляет
27,4
млрд
долларов
по
состоянию
на
сентябрь
2010
года
.
Университет
включает
в
себя
11
отдельных
академических
подразделений
– 10
факультетов
и
Институт
Перспективных
Исследований
Рэдклиффа
–
с
кампусами
по
всему
Бостону
, 85
га
основного
корпуса
университета
находится
в
так
называемом
“
Гарвардском
дворе
” Harvard Yard (
англ
.)
русск
.
в
Кембридже
,
примерно
в
5,5
км
к
северо
-
западу
от
центра
Бостона
.
Бизнес
-
школы
и
спортивные
объекты
,
в
том
числе
Гарвардский
стадион
,
расположены
93
на
реке
Чарльз
в
Аллстоне
,
а
объекты
медицинского
и
стоматологического
факультета
находятся
в
Лонгвуде
.
1.
Jahondagi yoki vataningizdagi nufuzli universitetlardan biri haqida
matn tuzing.
2.
Matnda sonning barcha turlarini
ishlatishga harakat qiling.
Mustaqil ta’lim uchun topshriqlar:
94
4 B
Tayanch so‘z va iboralar:
muassasa, andoza, izzat-ehtirom, homiylik,
umuminsoniy taraqqiyot, asrlar osha, ma’rifat o‘chog‘i, maskan, ulamo,
koshona, o‘tmish, ixtiyor, mashg‘ul bo‘lmoq, hissa qo‘shmoq, behisob,
riyoziyot, falakiyot, handasa, mantiq, jug‘rofiya, shular jumlasidan, sahifa,
peshtoq, asos solmoq, da’vat etmoq, guvohlik bermoq, sayqaliga
aylantirmoq, xolis niyat, mo‘tadil munosabat, millat ravnaqi, tahsil olmoq,
tubanda, taraqqiyot to‘lqini, tarmoq otmoq, o‘rta toifa, yuz bermoq,
o‘qimishli, ma’muriyat, qaror topmoq, e’tirof etmoq, faoliyat yuritmoq,
dalolat bermoq.
I.
Quyidagi gap qoliplari ishtirokida gaplar tuzing:
1.
.......-ligi tan olinmoq.
2.
......, deb bejiz aytilmagan.
3.
Qilingan ishlar tubandagilar:.............
4.
....... sifatida tan olinmoq.
5.
.......... –ligi ma’lum.
6.
...........-shiga hissa qo‘shmoq
7.
........ shular jumlasidandir.
8.
Tarixning guvohlik berishicha,…….. yuz bergan.
Matnni o‘qing.
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
I.
Oliy ta`lim muassasalari ilk
bor madrasa shaklida Sharqda paydo
bo‘lgan, keyinchalik ulardan andoza
olinib G‘arbda universitetlar tashkil
etildi. Bu madrasa va universitetlar
umuminsoniy taraqqiyot mezoni
sifatida asrlar osha oliy ta`lim, ilm-
fan va texnika, madaniyat va ma`rifat
o‘chog‘i, olim-u ulamolar, kashfiyot-
u yangiliklar maskani bo‘lib keldi.
II
. Prezident Islom Karimovning
o‘tmish tariximizga yuksak baho
berib: “Bizda buyuk tarix va buyuk
ma`naviyat bor” , – deb aytishi bejiz
emas, albatta. Haqiqatan ham, buyuk
tariximiz buyuk o‘tmishimizdan
dalolat berib turibdi. Buyuk
95
o‘tmishimiz mobaynida jahon tan
olgan uchta buyuk Uyg‘onish
(Renessans) davri bo‘lganligi
endigina to‘la tan olindi.
III.
Birinchi Uyg‘onish qadim
Turkistonda ilk bor IX-XII asrlarda
yuz berdi. Xalifa Ma’mun davrida
(IX asrning birinchi yarmi) Xorazm
davlatida oliy ta’lim, ilm-fan va
madaniyat rivojlandi, u olimlarga
katta izzat-hurmat ko‘rsatib,
homiylik qildi. U Abu Rayhon
Beruniy taklifiga ko‘ra, Xorazm
poytaxti Gurganch (hozirgi Ko‘hna
Urganch) shahrida yangi qurilgan
koshonalardan birini olimlar
ixtiyoriga berib, uni “Bayt ul-
hikma” (“Donishmandlar uyi”) deb
nomlaydi. Bu erda 70 dan ortiq
olim va tolibi ilmlar, ustoz-u
shogirdlar ilm bilan mashg‘ul
bo‘ladilar. Bular: Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy va
boshqalar edilar. Bu olimlarning
sa’y-harakatlari bilan falsafa, tarix,
adabiyot, riyoziyot, falakiyot,
handasa, mantiq, jug‘rofiya,
tibbiyot fanlari rivojlanib, insoniyat
uchun eng zarur ilmiy masalalar
yechimiga behisob hissa qo‘shildi.
Ibn Sino yaratgan tibbiyot ilmi
bilan Xorazmiy tomonidan cheksiz
sanoq soni “Al-jabr”ga asos
solinishi shular jumlasidandir.
IV.
“Ma’mun akademiyasi”
Turkiston Uyg‘onish davrining
yorqin namunalaridan hisoblanadi.
Bu davr butun dunyoni, ayniqsa,
Yevropani o‘ziga qaratgani va
keyinchalik uning uyg‘onishiga
asos solganligi jahon tarixidan
yaxshi ma’lum.
Abdurauf Fitrat 1912-yilda
yozgan “Hind sayyohi bayonoti”
nomli asarida mazkur sayyoh
nomidan Fransiya universiteti olimi
Sharl Sanivyusning ushbu so‘zlarini
keltirdi: “Ovro‘paliklar
musulmonlar taraqqiyotini xolis
niyat bilan qabul qilib, kasb va ilm
o‘rganish niyatida islom
shaharlarida tahsil oldilar. Ovro‘pa
musulmonlar bilan aloqa va
munosabat o‘rnatish orqali taraqqiy
qilgan. Ovro‘paliklarning islom
olamidan qabul qilgan ishlari
tubandagilar: ziroat, sanoat, al-jabr
va al-muhobala (algebra va
ehtimollar nazariyasi), handasa,
chizmachilik, kimyo, hisob va
hokazo...”
V.
Keyingi ilmiy-madaniy
taraqqiyot, ya`ni ikkinchi uyg‘onish
davri Sohibqiron Amir Temur va
temuriylar davrida yuz berdi. Ilm-
fan, madaniyat va ma`rifat homiysi
buyuk Temur ulkan saltanat
yaratish bilan birga, o‘z yurtining
oqillari atrofiga yetti iqlimda
tanilgan ilm va hunar egalarini
to‘plab, Samarqandni yer yuzining
sayqaliga aylantirdi.
Sohibqironning nabirasi Mirzo
Ulug‘bek o‘z “Zij”i bilan ilm-fan
tarixida yangi sahifa ochdi. Uning
XV asr mo‘jizasi bo‘lgan mashhur
rasadxonasi, Hazrat Navoiy ta’biri
bilan aytganda, “Jahonning chiroyi”
bo‘lib qoldi. Falakiyot ilmini
rivojlantirgan Ulug‘bek shu ilmning
eng yorug‘ yulduziga aylandi. O‘zi
96
qurdirgan madrasalardan birining
peshtog‘iga “Bilim olish har bir
musulmon erkak va ayoi uchun
fatzdir”, – degan hadisni yozdirib,
hamma musulmonlarni diniy va
dunyoviy ilmli bo‘lishga da’vat
etdi. Tarixning guvohlik berishicha,
din bilan dunyoviylik o‘rtasida
mo‘tadil munosabat o‘rnatilgan
davrda jamiyat taraqqiyoti, millat
ravnaqi, ilm-fan va texnika rivoji
yuz bergan.
VI.
Madaniy taraqqiyotning
yana bir to‘lqini Shayboniyxon va
shayboniylar davri bilan bog‘liq.
Uning tarixdagi xizmatlarini yuksak
darajada baholab, Islom Karimov
shunday deydi: "Shayboniyxon
Buxoro madrasalarida tahsil
ko‘rgan o‘qimishli odam bo‘lgan.
Buxoroda olgan ilm-ma`rifatini
hokimiyat tepasiga kelgach, yana
yurtiga qaytarib bergan" .
VII.
Ona tariximizda milliy
madaniy hayot yuksak darajada
taraqqiy etgan davrlar ko‘p bo‘lgan.
Dunyo sayqali Samarqand, Buxoroi
sharif, buyuk alloma va shayxlar
makoni Termiz, Toshkenti azim,
Qo‘qondi latif va boshqa
shaharlarda oliy hamda o‘rta
toifadagi tabarruk ilm maskanlari –
madrasalar keng tarmoq otgan.
Birgina Buxoroda dunyoga
mashhur 400 ta olim va ulamolar
tarbiya topgani ma’lum.
1912 – yilda shaharda oliy,
o‘rta va quyi toifalardagi ikki yuzga
yaqin madrasa bo‘lgan.
O‘tmishdagi madrasalarda ta’lim va
tahsil olib, o‘z ilmi, aql-zakovati,
tafakkuri va kashfiyotlari bilan
dunyoni lol qoldirgan olimu
fuzalolarimizning ilmiy-ijodiy
merosidan butun dunyo bahramand
bo‘lib kelgan va kelmoqda. Buni
atoqli qirg‘iz adibi Chingiz
Aytmatovning ushbu so‘zlari
isbotlab turibdi: “Qadim Gretsiya
Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i
sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa,
O‘zbekiston va o‘zbek xalqi
Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va
barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi
shunday o‘rin egallagan”.
VIII
. Jadid ziyolilari millat va
jamiyat taraqqiyotida tub burilish
yasab, yangi, ya`ni jadid
madaniyatini qaror toptirdi.
Mumtoz adabiyot yangilanib,
ijtimoiy-siyosiy mazmun kasb etdi.
Millatdagi milliy uyg‘onish
alomatlari paydo bo‘lganligini ilk
bor e’tirof etganlar ham jadidlar
bo‘ldi . Jadidlar milliy, dunyoviy
oliy ta`lim g‘oyasini olg‘a surish
bilan birga oliy o‘quv yurti tashkil
etish uchun jiddiy tayyorgarlik va
amaliy-tashkiliy ishlar ham olib
bordilar. Bu jadid maktablarida
matematika, geografiya, tarix, ona
tili va adabiyot, rus tili kabi
dunyoviy ilmlarni o‘qitishdan
boshlandi. Jadid maktablari ikki
bosqichli to‘rt yillik boshlang‘ich
va yetti yillik o‘rta ta’lim tizimidan
iborat bo‘ldi. O‘qish pullik bo‘lib,
hozirgi ta’lim marketingiga o‘sha
paytlarda asos solingandi.
Kambag‘allarning bolalari esa tekin
o‘qitildi. Bundan tashqari jadidlar
Toshkentda “Ko‘mak”(1909) va
97
“Doril ojizin” (1923), Buxoroda
“Tarbiyai atfol” (1910) deb
nomlangan maxsus xayriya
jamiyatlarini tashkil etib, millat
farzandlarining dunyoviy oliy
ta`lim olishlariga homiylik qildilar.
1917-yil arafasida Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jaev “Sadoyi
Turkiston” gazetasida maqola bilan
chiqib, o‘lka harbiy ma`muriyati
oldiga Toshkentda musulmonlarga
bir Oliy dorilmuallimin
(o‘qituvchilar instituti) va bir
madrasai Oliya (universitet) ochib
berish masalasini qo‘yadi. Bundan
tashqari 1916-yilda jadidlar guruhi
talabiga ko‘ra Turkistonga
A.F.Kerenskiy boshchiligida kelgan
Rossiya davlat Dumasining maxsus
komissiyasi oldiga ham
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
musulmonlar uchun universitet
ochish talabini qo‘yadi. Rossiya
imperiyasida 1917-yilning fevralida
yuz bergan inqilobga qadar
jadidchilik harakati vakillari
dunyoviy oliy maktab (universitet)
g‘oyasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu
esa o‘sha paytda dunyoviy oliy
ta’lim millat ehtiyojiga
aylanganligidan dalolat bo‘ldi.
IX.
Markaziy Osiyodagi eng
birinchi va eng katta universitet
hisoblangan O‘zbekiston Milliy
universiteti 1918-yildan beri turli
nomlar bilan faoliyat yuritib
kelmoqda.
Milliy universitet
talabalari o‘z sohalarining
mutaxassislari bo‘lish bilan bir
qatorda, shu yo‘nalish bo‘yicha
pedagog ham bo‘lib yetishishadi.
Universitetda tarix, o‘zbek
filologiyasi,
geografiya, geodeziya,
kartografiya, kadastr, biologiya va
boshqa yo‘nalishlar bor. Ushbu
yo‘nalishlarda tahsil olishni
xohlaganlar ona tili va adabiyot,
tarix, matematika, fizika hamda
chet tili fanlaridan test
topshirishadi.
Dostları ilə paylaş: |