110
Maysalarga suv sepib-sepib turildi. Maysalarga oftob
nuri tushirib-tushirib
turildi... Sumalak maysa Navro‘z ramzi bo‘ldi!
RIVOYAT
Emishki, foniy olamda bir onaizor bo‘lgan ekan. Onaizor o‘z oti bilan
zor ona bo‘libdi. Bechoradan bechora ekan. Nihoyatda kambag‘al ekan.
Xudoyim xudovando onaizorning rizq-ro‘zini bermabdi-da, nasibasini
bermabdi-da!
Ammo xudoyim xudovando onaizorga ko‘p farzand beribdi.
Bir oqshom
bolalari qo‘llarini cho‘zib:
-
Ovqat, ona, ovqat, – deya zorlanibdilar. Onaizor yenglarini tugibdi
(shimaribdi).
-
Bolalarimga
mazali taom qilib beray, – debdi.
O‘choqqa o‘t yoqibdi. Qozon osibdi. O‘t yona beribdi,
qozon qiziy
beribdi. Shunda onaizor qozonga nima solishni bilmabdi. Uy ichini qarabdi.
Tevarak-atrofni qarabdi. Qozon qaynatish uchun biron-bir nima topolmabdi.
Bolalar esa ovqat so‘rashdan to‘xtamabdilar, ovqat-ovqat deya yig‘lay
berib uxlab qolishibdi.
Onaizor och-nahor uxlab yotgan go‘daklariga termulib o‘tiribdi. O‘tirib-
o‘tirib, ko‘ngli buzilibdi. O‘z taqdiridan kuyinibdi.
– Yo‘qchilik qurisin-a, yo‘qchilik! – deb, qon-qon yig‘labdi.
Go‘daklar azonda uyqudan turadilar. Ochdan-och bo‘ladilar,
yana ovqat
so‘raydilar. “Ovqat!” –, deb yig‘laydilar.
Onaizor ana shu qayg‘uda timirskilanib yuribdi. Qozon qaynatish uchun
tag‘in (yana) biron nima topolmabdi. Shunda, mayda-mayda toshlarga ko‘zi
tushibdi. Shu toshlardan yettitasini sanab olibdi. Tog‘orachaga solib,
yuvib-
yuvib tozalabdi. Tog‘orachadan qozonga solibdi.
Onaizor nahorda (erta tongda) qozon qopqog‘ini ochib qarasa,
qozon
to‘la taom paydo bo‘libdi!
Taom oti sumalak bo‘libdi!
Shu-shu, sumalak Navro‘z taomi bo‘lib qolibdi!
(Tog‘ay Muroddan)
Dostları ilə paylaş: