Oʻlka tarixini oʻrganishda muzeylarning oʻrni Bajardi: O. Qilichev Tekshirdi: R. Qoʻyliyev



Yüklə 374,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.09.2023
ölçüsü374,16 Kb.
#146173
1   2   3   4   5   6
 
 


20 
2.2 Mustaqillik yillarida tashkil etilgan muzeylar faolyati
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika «Ma’navivat va 
ma'rifat» Kengashi, «Shahidlar xotirasi» xavriya jamg‘armasmmg Fanlar 
akademiyasi tarkibiga kiritildi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining asosiy 
vazifasi quyidagilardan iborat: qatag‘onchilik siyosatining paydo boiish sabablari 
va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida 
aks ettirish; qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ulami yod etish bilan 
bogiiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami amalga oshirish va targ‘ib etish, muzey 
zaxiralari va ekspozitsiyalarini mamlakat hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqa 
eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kabilar shular jumlasidandir. 
So'nggi yillarda tashkil etilgan muzeylardan biri Tasavvuf tarixi muzeyi bo‘lib, u 
tasavvuf ilmining O‘rta Osiyodagi yirik namoyandasi va xojagon tariqati 
asoschilaridan Abduxoliq G ‘ijduvoniyning 900 yilligi va Bahouddin Naqshbandiy 
tavalludining 685 yillik yubileylari munosabati bilan ochildi. Undagi 
ekspozitsiyalar VII asrdan to XXI asr boshlariga qadar boigan davmi qamrab 
olgan. Tasavvuf taiimotining mohiyatini ochib bergan buyuk ilohiyotchi, faylasuf 
Abu Homid G'azzoliyning «Ayuha-l-valad» va «Ihyo ulum addin» asarlari 
fotonusxasi muzey eksponatlarida namovish etilmoqda. Abu Homid G ‘azzoliy 
islom aqidaparastlari bilan hurfikrli tasavvuf ahli o ‘rtasida vujudga kelgan jarlikni 
bartaraf etishga harakat qilib, islom aqidalarini so‘fiyona g‘oyalar bilan 
uvg‘unlashtirishga muvaffaq boigan buyuk mutafakkirdir. So‘fiyona g‘oyalami 
o‘zining «Devoni hikmat» asarida nazmiy bayon etib bergan Ahmad Yassaviy 
faoliyatini aks ettimvchi eksponatlar ham muzey zallaridan munosib o‘rin olgan. 
Xojagon tariqati asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy va uning ustozi Yusuf 
Hamadoniy ma’naviy faoliyatiga doir qo‘lyozmalar, turli maishiy-xo‘jalik 
buyumlari alohida vitrinada joylashgan. Bugungi kunda mazkur muzeyning 
O‘zbekistondagi tasavvuf tarixini o‘rganish va targ‘ib etishda ahamivati kattadir. 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif 
va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng 


21 
targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik mhi !88 bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz 
va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik mhida tarbiyalash maqsadida 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-martdagi 99-sonli 
qaronga binoan juda qisqa muddatda Toshkent shahrida barpo etildi. Muzey 
xalqimiz va xorijiy mamlakatlardan tashrif buvurgan mehmonlar ishtirokida 1996-
vilning 18-oktabrida tantanali ravishda ochildi. O‘zbekiston Tasviriy san’at 
galereyasi. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi 2004-yili Toshkent shahrida 
ochildi: Galereya binosi qisqa muddat ichida qurib bitkazilgan boisa-da, xalqaro 
standartlarga javob beruvchi eng zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. U 
yerda o'matilgan eng zamonaviy jihozlar eksponatlarni namoyish etish va asrash 
uchun zarur boigan eng qat’iy harorat, namlik tartiblarini ta’minlash va qoiiqlash 
shartlariga rioya etish imkomni beradi. San’at galereyasida ma'ruzalar va 
kinozallar, kutubxona, mohir usta studiyasi, ustaxonalar o‘rin olgan. Shubhasiz, bu 
ko‘rgazmalar yangi majmuani xalqaro darajadagi san’atshunoslik markaziga 
aylantiradi. Uning ekspozitsiya-ko‘rgazma maydoni 3500 kvadrat metrga teng. 
Shuningdek, galereya zarur texnikaviy uskunalar bilan jihozlangan majlislar zaliga 
ega boiib, bu yerda ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, seminarlar, amaliy 
uchrashuvlar, filmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Tasviriy san’at 
galereyasi zallarida XX asr boshidan hozirgi kungacha y aratilgan 0 ‘zbekiston 
tasviriy san’ati asarlarining boy to‘plami, shuningdek O‘rta Osiyoda zarb etilgan 
noyob tangalar kolleksiyasi namoyish etilmoqda
8
. Yunus Rajabiy uy-muzeyL 
Buyuk o‘zbek kompozitori, musiqa san’atining yetuk ustasi Yunus Rajabiyning
holdir. Zero, o‘zbek xalqi yilnomasida oltin harflar bilan bitishga munosib 
voqealar aynan Sohibqiron Amir Temur hamda Temuriylar bilan chambarchas 
bogiiqdir. Muzeydagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar O‘zbekiston 
viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996-yilda Parijda Amir 
Temur tavalludining 660 yilligiga bagishlab oikazilgan koigazmadagi eksponatlar 
8
Bekmurodov 
М
., Rashidova M. Muzeyshunoslik. -
Т
.: Voris Ali, 2006


22 
ham muzeyga o'tkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etaografiya, numizmatika 
yodgorliklari, qoiyozmalar, tasviriy san’at namunalari bor. Muzey xazinasida 190 
O‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi 3 mingdan ortiq ashyolar saqlanadi. Shundan 
«Asosiy fond»ga 1971 ta, «Yordamchi fond»ga 1090 ta ashvo kiritilgan. Hozirgi 
kunda muzey ekspozitsiyasidan 1700 dan ortiq eksponat joy olgan. Bular - Amir 
Temur va temuriylar davri tarixiga oid qoiyozmalar, yozishmalar, kumush va mis 
tangalar, Go‘ri Amir maqbarasidan olingan ashyolar, sopol va mis buyumlar, 
me’moriy qoplamalar, XIX-XX asrlarga oid kitoblar. tangalar va etnografiyaga oid 
buyumlar va h.k. Muzey xazinasida O’‘zbekiston aholisi hamda chet davlatlarning 
sovg‘alari ham mavjud. Muzeyning keng ko‘lamli ishlarini 2017-yilgi hisobotni 
tahlil qilish orqali ham kuzatishimiz mumkin
9
.
9
Ochildiyev F.B. Tarixiy o'lkashunoslik. - 
Т
.: Universitet, 2008.


23 
Xulosa 
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o`zgarishlarni amalga oshirish
jarayonida, jamiyat a`zolarini, demokratik tafakkur va milliy g’oya ruhida
tarbiyalash vazifalarini bajarishda biz yuqorida ko`rib chiqdik, muzeylarning
ahamiyati ortib bormoqda. Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini
uning tarixi o`ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlardan ayri holda
tasavvur etib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy
me`moriy yodgorliklar millatning madaniy uyg’onishi, milliy g’oyani targ’ib etish,
xalq ongida milliy g’urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik g’oyalariga
sodiqlik hissiyotini, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda
muxim rol o`ynaydi. Bu borada prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz 
barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo`lmaydi”, “Tarix-xalq ma`naviyatining asosidir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak 
yo`q”, “O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Inson uchun tarixdan judo 
bo`lish-hayotdan judo bo`lish demakdir” degan ahamiyatga molik so`zlari 
muzeylar va muzey xodimlari uchun dasturamal bo`lib xizmat qilmoqda
10
.
Ajdodlarimizdan meros qolgan nodir-noyob eksponatlarni asrab – 
avaylashimiz, asrlar osha salobat to`kib bizgacha etib kelgan me`moriy 
obidalarimizni, arxeologik yodgorliklarimizni himoya qilishimiz, shuningdek, 
ikkinchi jahon urushi davri, azob-uqubatlari, xalqlarimizni matonatli jasoratlari 
bosib o`tgan hayot yo`llarini atroflicha o`rganishimiz hamda kelajak avlodlarga 
etkazishdek muqaddas ishlarni amalga oshirishimiz zarur. Mustaqilligimiz 
sharofati tufayli mamlakatimizda insonni e`zozlash, milliy va ma`naviy 
qadriyatlarimizni tiklanishiga katta e`tibor qaratilmoqda. Shu jumladan Namangan 
viloyat hokimligining bevosita rahbarligi ostida viloyatning “Ikkinchi jahon 
urushi”ga, “Qatog’on qurbonlarini yod etish”ga oid yo`nalishlarni o`rganish, urush 
10
Karimov.I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va tarqqiyot yo`li. -T.: O`zbekiston, 1992. -B.71.


24 
ishtirokchilarining hayot yo`lini jangovor ishlarini umumlashtirish, tiklash 
bo`yicha keng ko`lamli, xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda ayniqsa
viloyat “Xotira va qadrlash uyi” ilmiy xodimlari O`zbekiston Respublikasi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bilan hamkorlikda olib
borayotgan ishlari diqqatga sazovordir. Vatan tarixi, xotirasi aynan muzeylarda aks 
etadi. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq davlat muzeylari turli 
toifalarda va turli yo`nalishlarda bo`lib, bugungi kunda xalqimiz va turli 
mamlakatlardan tashrif buyurgan ziyoratchilarning ham ma`naviy, ham ma`rifiy 
jihatdan ongini, ruhiyatini boyitishda muhim amaliyot kasb etmoqda
[11]

2008 yil “Muzeylar to`g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu esa muzey xodimlari 
faoliyatini yanada jonlantirish bilan birga mas`uliyatini ham oshirdi. Muzey 
xodimlari faoliyati, muzeylarga oid bukletlar, kitoblar, suratlar ko`rgazmasi tashkil 
etib borilmoqda. Umuman axolini, o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda muzeylarning 
roli beqiyosdir. Chunki barcha eksponatlarda tarixiy jarayon, ajdodlar nafasi bor. 
Ular qoldirgan ma`naviyat, boy merosni avaylab-asrash, avlodlarga etkazish esa 
muqaddas burchimizdir. Ushbu bitiruv ma`naviy ish mavzusining tahlili, shunday 
xulosalarga kelishimizni va shu yuzasidan quyidagi taklif va istaklarni keltirib 
chiqardi: 
-
Mustabid- sovet davrida muzeylarining ijobiy jihatlaridan tashqari salbiy
tomonlari ham kuzatildi. Muzeylarning rivojidagi etakchi o`rin mutaxasislar emas,
kompartiya va uning rahbarlari egalladi. Muzeylarning asosiy yo`nalishlari xalqni
kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat bo`ldi. Ma`muriy yodgorliklar (masjid va
madrasalar) ombor, yotoqxonalar va boshqa narsalarga aylantirildi va hakazo. 
-
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, muzey ishiga davlat 
siyosati darajasida e`tibor qaratildi.
-
Muzeylarni ixtisoslik bo`yicha malakali kadrlar bilan ta`minlash zarur; 
14
Baxriddinov O. Muzeylar-tariximiz guvohi // Namangan haqiqati. 2004, 10 mart. 


25 

Yüklə 374,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin