30 kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan,
ajdod so‘zi
qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uning
ma’nosi «ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar» demakdir. Shunga
ko‘ra, mazkur jumla
Ajdodlar merosini o‘rganamiz shaklida tuzi lishi
kerak edi. Ko‘rinadiki, avlod so‘zi tildagi leksik ma’nosiga muvofiq
tarzda qo‘llanmaganligi uchun nutqning aniqligiga putur yetgan.
Ayni paytda aniq nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p
ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi
ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq zarur.
29-mashq. Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olin-
gan par chani o‘qing.
Tavsif va
tasvir so‘zlarining ma’nolari,
ulardagi farqli jihatlar va qo‘llanish o‘rinlarini yodda tuting.
Ba’zan nutqda ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarning biri o‘rnida ikkin-
chisini ishlatish hollari uchrab turadi. Bu nutqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zilar
tavsif so‘zi o‘rnida
tasvir so‘zini ishlatadilar. Vaholanki,
tavsif va
tasvir so‘zlarining orasida ma’no farqi va ularning har qaysisining o‘z
ishlatilish o‘rni bor.
Bir narsa sifatlarining og‘zaki yoki yozma bayoni –
tavsif , surati,
shakli, rasmi esa
tasvir bo‘ladi. Tavsifdan kishida tushuncha hosil bo‘ladi,
tasvirdan tasavvur vujudga keladi. Masalan, bir mashinaning tuzilishi va
ishini bayon qilish – bu o‘sha mashinaning tavsifi, shu mashinaning rasmi
yoki tuzilish chizmasi uning tasviridir. Yana bir misol: miya tuzilishini
so‘z bilan tushuntirish –