Ko‘z ilg‘amas
I
Bilinar-bilinmas, mayda.
Ko‘z ilg‘amas II
Cheksiz, poyoni (oxiri) ko‘rinmaydigan.
1. Adabiy tilning qanday shakllari bor?
2. O‘qituvchingiz yordamida til madaniyati va nutq madaniyati tu-
shunchalarini izohlang.
26
3.
Yozma nutqning to‘g‘rilik sifati ta’minlanishi uchun qanday
me’yorlarga amal qilinishi zarur?
4. Imlo me’yorlarining savodxonlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida ni-
malarni bilasiz?
5. Tinish belgilari me’yorlarining nutqdagi o‘rnini izohlang.
28-mashq.
Asosiy tinish belgilari va ularning me’yorlari haqida ilmiy
matn tuzing.
musTAhKAmLAsh
savol va topshiriqlarga javob bering.
1. Nutq odobi va nutq madaniyati tushunchalarini izohlang.
2. Nutq madaniyati fani qaysi fanlar bilan aloqador?
3. Nutqning to‘g‘riligi qanday me’yorlar bilan belgilanadi?
4. Adabiy me’yorlarning nutq madaniyligini ta’minlashdagi ahamiya-
tini tushuntirib bering.
5. Savodxonlik tushunchasini tavsiflang.
6.
Til birliklari bilan ko‘rsatib bo‘lmaydigan turlicha fikriy muno-
sabatlar hamda psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda
nimalardan foydalaniladi?
7. So‘z yasalish me’yorlari nima?
8. Talaffuz me’yorlari-chi?
1-topshiriq.
Matnni o‘qing va uning nutq madaniyligini ta’minlaydigan
kommunikativ sifatlarga qay darajada mosligini tushunti ring.
Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonun
fa
qat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini
ush
laydi, yo‘lini to‘sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyat-
chining tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani yo‘l
qo‘ymaydi. Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyat-
ga chap berib bo‘l
may
di, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa
odamning ko‘ksida bo‘ladi. (Abdulla Qahhor)
|