21
nada o‘tirgan bo‘ladi. Demak,
Yo‘lga mashinalandi degan gap tug‘ilishi
kerak edi-da.
(O. Farmonov)
19-mashq.
Matnni o‘qing,
fuqaro
so‘zining me’yorlashganligi
haqida
fikrlashing.
O‘tmishda
fuqaro o‘rnida, asosan,
tabaa, raiyat so‘zlari, ba’zan shu
so‘zning o‘zi ham qo‘llangan. Alisher Navoiy asarlarida
raiyat so‘zi ko‘p
uchraydi...
Sho‘rolar zamonida bu so‘z o‘rnida asli lotincha bo‘lmish
grajdan so‘zi
ishlatilgan. Mustaqillikka erishilgach,
atama sifatida fuqaro joriy etildi. Bu
asli arabcha bo‘lib,
faqir so‘zining ko‘plik shaklidir. Arab tilida «yo‘qsil»,
«kambag‘al», «muhtoj», «bechora» ma’nolarini bildiradi. Lekin o‘zbek tiliga
kirib kelgach, ma’nosi o‘zgarib, «tabaa, raiyat, shuningdek, grajdanlik»
ma’nosini kasb etgan.
Qolaversa, ajdodlarimiz so‘zlaganlarida, yozganlarida
kamtarinlik yuzasidan o‘zlarini (
men so‘zini ishlatishni odob yuzasidan
takabburlik deb bilib)
fuqaro, faqir-u haqir deb ataganlar:
«Faqir-u haqir
janoblaridan o‘tinib so‘raydikim...», «Faqiringizni afv etgaysiz!» va hoka-
zo kabi. Demak,
fuqaro so‘zi mumtoz adabiyotda va jonli so‘zlashuvda
qo‘llanilgan. Shu sababli
fuqaro so‘zining atama sifatida qabul etilishi va
joriy qilinishi asosli va qonuniydir.
(A. Ibrohimov)
Dostları ilə paylaş: