20-mashq.
She’riy parchadagi g‘ayriodatiy birikmalarni aniqlang, ada-
biy me’yorlardan chekinishni tushuntiring. Ulardagi badi-
iylik haqida fikrlashing va birikma tarzida ko‘chiring.
Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi – bo‘yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bo‘lsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
(Maqsud Shayxzoda)
22
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ich-etini yemoq
Ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o‘yini bosh-
qalarga aytmay). Varianti:
ichini yemoq; etini yemoq.
Ma’nodoshi:
o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq.
O‘xshashi:
ichini kemirmoq; o‘zini o‘zi
yeb qo‘ymoq.
Kayfi buzuq
Kayfiyati yomon, xafa. Ma’nodoshi:
ta’bi xira; ta’bi
tirriq.
O‘xshashi:
avzoyi buzuq.
1. Qanday nutq to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi?
2. Adabiy me’yor deganda nimalarni tushunasiz?
3. Adabiy me’yorning qanday turlarini bilasiz?
4. Nutqda ma’nodosh so‘zlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish qaysi
me’yorga asoslanadi?
5. Badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yor-
laridan chekinish mumkinmi?
22-mashq.
Berilgan misollarda adabiy til me’yorlariga nomuvofiq
qo‘llangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklarni izoh-
lang va yozing.
1. Gulsara tim qora tuflisini do‘qillatib xonamga kirdi. – E, qal-
dirg‘ochmi u? Yaxshi odamlarning uyiga in qo‘yadi deyishadi... Kampli-
ment emas, Quvvatjon... Singlimmi uyida den rojdeniyada edik. Uning eri
shishkalardan. Sudya. (Sh. Xolmirzayev) 2. Hademay bir-ikkita sovlig‘im
qo‘zilaydi. Og‘iz ichgali bemalol tashrif buyurishlaring mumkin.
(Sh. Xolmirzayev) 3. Akalari izidan Samarqand borsa, «Ko‘nglim shuni
xohladi, borib aytinglar otamga», – deb ularni qaytarib yuborgan ekan.
(Erkin A’zam) 4. Yo‘q, qorin janoblari to‘qlar, ertalab baliq yegan edik,
faqat choy bo‘lsa kifoya, – dedi u kulib. (N. Aminov)
|