Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Ona tili 11 sinf

24-mashq.
 
Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling, ular ifoda-
layotgan ohang va mazmunni izohlang.
1. Bozorqul aka, nima bo‘ldi? – dedi ko‘ziga tikilib. – Hech gap 
yo‘q... Hech... Hech... hech nima bo‘lgani yo‘q, – dedi tutilib. (Asqad 
Muxtor) 2. Yo‘q, yo‘q, nega, bezak, bezak! Buni endi hamma shun-
day biladi. (Asqad Muxtor) 3. Xiylagina qizib qolgan «yubilyar» tuyqus-
dan stolni urib qichqirdi: «O‘v student! Bas qilasanmi, yo‘qmi?!» (Erkin 
A’zam) 4. Ro‘molcha-a! Qani meni ro‘molcham?! Ro‘molchamni topib 
ber, Dezdemona! – O‘zingni bos, Otello! Ro‘molchangni yaxshilab yuvib, 
dazmollab qo‘yganman. (Erkin A’zam) 
25-mashq.
 
Berilgan gaplardagi tinish belgilari me’yorlariga amal qilin-
magan o‘rinlarni aniqlang va ularga izoh bering.
1. Chol salmoqlab gap boshladi: – E, xotin o‘lmaydigan odam bormi? 
(Said Ahmad) 2. Orif aka saratonning jazirama, kunlaridan birida, Er-
gashga bergan va’dasiga muvofiq, bog‘lardan xabar olgani Ko‘ykiga chiqib 
ketdi. (Asqad Muxtor) 3. O‘zingiz xabar bermaysizmi ishqilib? – Matkari-
mov xezlanib o‘rnidan turib ketdi. (Asqad Muxtor) 4. Kimingiz bo‘ladi, 
bu xotin? – deb so‘radi dabdurustdan. (Tohir Malik) 5. Yigitdan tayinli 
javob ololmasligini bilsa ham yana so‘radi: – Kim telefon qilgandi? – 
Bilmadim, mehmon kelibdi shekilli... (Tohir Malik)


25
26-mashq. 
Berilgan gaplarni hozirgi uslubiy me’yorlarga mos ravishda 
qay 
ta tuzing. Ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni ayting.
1. Sohibqiron hayratda anchagacha so‘z topolmay, bu vayrona ichidagi 
nuroniy qariyalarga qarab uzoq turdilar, – ul sizningdur, biz olmay-
miz... Illo, bizga ash’oridin aytsin. 2. Aytmaydur, – deyishdi chollar. – 
Qo‘rg‘onimiz atrofida yer quchib nigun bo‘lgan yarim elatimiz hurmati, 
hozir Olloh aning dilig‘a hikmat kalomini solmag‘ay... 3. Norasidani 
ko‘rdingmu? – dedilar Sohibqiron bosh ko‘tarmay. 4. Alar dunyo ishlari 
ila tamom band. Men alarga ilohiy sehriyat borligini eslatib, dillarini ti-
kanak sim yanglig‘ chirmagan dunyo ishlaridin sal chalg‘itishga urunamen. 
5. Dayrda ko‘p savob-u gunoh ishlarni qildik. Har neki bo‘lsa, Ollohning 
madadi, bandasining tadbiri biladur. (Asqad Muxtor)
27-mashq.
Yozma nutqning to‘g‘riligiga ta’sir etayotgan o‘rinlarga 
diqqat qiling, so‘zlardagi imlo xatolarini aniqlang.
1. It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovozi-
ga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor 
qaraydi, so‘ng yana lo‘killab yo‘lida davom etadi. (Sh. Xolmirzayev) 
2. Hammasi tinch, salom deb yuborishdi... – dedi Rahim Saidov ma-
salaga qanday yondoshishni o‘ylar ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Mahallada 
katta tayyorgarlik bilan o‘tqazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok 
etdi. (Gazetadan) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish ishlari 
avj oldi. (Gazetadan) 
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘a-
ti»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin