68
75-mashq.
Berilgan maqollarda ifodalangan g‘oyaning to‘g‘ri
ligini
misollar asosida tushuntirib, matn tuzing. Maqollarni yod
oling.
Jo‘yali so‘z jo‘yasin topar,
Jo‘yasiz so‘z iyasin (egasin) topar.
Jo‘yaga tuya ham cho‘kadi.
O‘rinli so‘zga tuya cho‘kadi,
O‘rinsiz so‘zga hamma so‘kadi.
Suvni
sep singar yerga,
So‘zni qil sig‘ar yerga.
jO‘yALILIK VA usLuBLAr
Topshiriq.
Berilgan parchadagi
jamg‘armoq
so‘zining ma’nosi
va uning
ko‘proq rasmiy uslubga xoslanganligi haqida mulohazala-
ringizni ayting. Keltirilgan gapda bu so‘zning o‘z o‘rnini
topgan-topmaganligini izohlashga harakat qiling.
Ramazon aytuvchilar ko‘payib ketgan edi... Mabodo ulardan oldinroq
biror
eshikka borib qolsak, jamg‘argan narsalarimizni zo‘ravonlik bilan
tortib olishardi.
(S. Ravshanov)
Nutq uslublarining har biri uchun xoslangan til vositalari bor-
ligini Siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintak-
tik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tka
zilishi nojoiz,
o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi
buzilishi mumkin.
Bu o‘rinda
aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning
yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim,
chunki bu nutq shakl-
larida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma
va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas,
shunga
ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik
69
shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni
hisobga olmaslik nati-
jasida ham nutqning jo‘yali
ligiga putur yetadi.
Albatta, badiiy nutqda jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: