Pedagogik texnika haqida



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

Ritmika (nutq sur’ati). 
Alohida so’z, bo’g’in va iboralarni talaffuz 
etishdagi tezlik, davomiylik nutqni ritmik va me’yoriy tashkil etish bilan birgalikda 
nutq temporitmini belgilaydi. Bu nutqning muhim elementi sanaladi. Binobarin, 
nutqning ifodaliligi va pauzalar o’z-o’zidan so’z bilan birgalikda tinglovchiga 
emotsional ta’sir etish kuchiga ega bo’ladi. 
Nutq sur’ati o’qituvchining individual hususiyatlariga, nutq mazmuni va 
muloqot vaziyatiga bog’liq. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, nutqning optimal sur’ati 
o’zbek tilida 100 dan 110 gacha, rus tilida 120 taga yaqin, inglizlarda 120 dan 150 
tagacha so’zdan iborat. Ammo, yana tajribalarga tayanib aytish lozimki, o’qituvchi 
V-VI sinflarda dars o’tayotganda nutq sur’ati minutiga 50-55 so’zdan, kollej, litsey 
o’quvchilari uchun esa o’qituvchi nutqi tezligi minutiga 65-70 so’zga teng bo’lishi 
kerak. Alohida so’zlarni talaffuz qilishi doimiyligi faqat so’zning uzunligiga emas, 
balki shu so’zning muayyan konteksdagi ahamiyatga ham bog’liq. “Quruq so’z 
huddi g’alvirdan no’hat elanib tushganday chiqadi, ma’noli so’z esa huddi rtut 
bilan to’ldirilgan pufakka o’hshab sekin aylanadi” (K.S.Stanislavskiy). So’z, matn 
qanchalik muhim bo’lsa, nutq shuncha sekin bo’ladi. 
O’quv materialining muhim va murakkab qismini o’qituvchi sekin sur’atda 
bayon etadi, keyin esa tezroq gapirishi mumkin. U yoki bu hulosani, aniqlikni
qoidani, printsipni, qonunni shakllantirish kerak bo’lganida nutq, albatta, 
sekinlashadi. SHuningdek, o’quvchilardagi ta’sirlanish darajasini ham inobatga 
olish lozim. O’quvchi qanchalik ta’sirlangan bo’lsa, o’qituvchi shuncha sekin va 
past gapirishga to’g’ri keladi. 
Nutq ifodaliligini oshirish uchun mantiqiy va psihologik pauzalardan 
mohirona foydalanish talab etiladi. Mantiqiy pauza nutq savodliligini, psihologik 
pauza nutq jonliligini ta’minlaydi. Pauza, nutq sur’ati va musiqaviyligi birgalikda 
nutq ohangdorligi, ifodaliligini belgilaydi. Bir maromdagi monoton nutq 
zerikishga, diqqat va qiziqishning pasayishiga olib keladi. Akademik I.P.Pavlov 
zerikishni ”ochiq ko’zda uhlash” deb atagan edi. O’qituvchi nutqi tabiyligi
obrazliligi, musiqaviyliligi bilan tinglovchini jalb etish kerak. 


O’qituvchi nutqining ifodaviy boyligini oshirishga qaratilgan mahsus 
mashqlar ham bor. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin