bo’shlig’i yuqori, ya’ni bosh rezonatorga kiradi. Pastki (ko’krak) rezonatorlarini
qo’lni ko’krak qafasi ustiga qo’yib (gapirganda) his etish mumkin. Demak, bosh va
ko’krak rezonator sezgilari yordamida tovush paychalari ishi shunday tashkil
etiladiki, kekirdakda paydo bo’ladigan ovozning dastlabki tembri bosh va ko’krak
rezonatorlarida rezonans paydo etiladigan qo’shimcha ton (oberton)ga ega
bo’ladi.Ovozning bu barcha hususiyatlari mahsus mashqlar yordamida hosil
qilinadi. Ovoz tarbiyasi – individual va ko’p mehnat talab etadigan jarayon. U
qat’iy
individual metodikani, shuningdek, tajribali mutahassislar tomonidan
nazorat qilib borishni talab etadi. Ovozni ongli ravishda mashq qildirish natijasida
uning tembrini o’zgartirish, yoqimsiz bo’yoqlarni bartaraf etish umumiy tonni
pasaytirish mumkin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, past tonli ovozlar bolalar
tomonidan
yahshi qabul qilinadi, ularga ko’proq yoqadi va ko’proq taassurot
qoldiradi. Nutq tovushini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarni Z.V.Savkova hamda
V.P.CHihachyovning teatr va san’at oliygohlari uchun yozilgan ma’ruzachi ovozi
haqidagi qo’llanmalaridan topish mumkin.
SHu o’rinda o’qituvchi ovozi gigienasi haqida ham gapirib o’tishni lozim
topdik. Mahsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ovoz bilanbog’liq kasb egalarida
ovoz apparatining kasallanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lar ekan. O’qituvchilarda bu
ko’rsatgich 40.2% ni tashkil etadi. Ovoz sifatining buzilishi sabablari turlicha.
Ularning asosiy to’rt hili ajratiladi: kundalik ovoz sarflash darajasining yuqoridagi,
ovoz apparatini ishlatishdagi uquvsizlik, gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, ovoz
organlarining tug’ma zaifligi.
Ovozni zo’riqtirish natijasida buzilishi, asosan, o’qituvchi
ish vaqtining
yarmidan ortiqroq qismida faqat o’zi, yana dars vaqtida odatdagidan balandroq
ovoz bilan gapirishidandir. Ovoz intensivligining oshib borishi sinf shovqinini
bosish zaruratidan kelib chiqadi. Odatda sinf shovqini o’rtacha 55-72 ditsibelni
tashkil etsa, sog’lom ovoz intensivligi 65-74 detsibelgacha bo’ladi. Ovozni
zo’riqtirish nutq apparatidan foydalanishdagi uquvsizlik bilan bog’liq bo’lganda,
bu holat o’quvchilar bilan salomlashishdayoq namoyon bo’ladi. Bunda o’qituvchi
qisqa
nafas chiqarish jarayonida, ya’ni o’pkada qolgan havo qoldig’i bilan
gapiradi. Agar nutq etarli nafas tayanchiga ega bo’lmasa, chiqarilayotgan nafas
qisqa bo’ladi, natijada o’qituvchi tez-tez nafas olib turishiga to’g’ri keladi. Bunday
holatda o’qituvchi og’zidan nafas olganligi uchun tozalanmagan, namlanmagan
havoni yutadi, bu esa tomoq va hiqildoqning shilliq
qavatini quritadi va
achishtiradi hamda surinkali tovush hirilashiga olib keladi.
Ana shunday kasb kasaliklari oldini olish uchun ovoz gigienasi bilan
shug’ullanish, maktabda ishlashning muayyan sharoitlariga rioya qilish kerak. Ish
kuni yakunlangandan so’ng o’qituvchi 2-3 soat mobaynida uzoq gapirishdan o’zini
tiyishi kerak. Zarur bo’lganda past ovozda gapirib, qisqa iboralar bilan
chegaralanishi talab etiladi.
Dars jadvalini tuzayotganda ishni inobatga olish kerakki, ish staji 10
yilgacha bo’lgan o’qituvchilarda ovoz apparati 3-4 soatda charchaydi va faqat 1
soatdan keyin o’z holiga qaytishi mumkin. YUqori ish stajiga ega bo’lgan
o’qituvchilarda bu holat 2-3 soatda ro’y berishi mumkin. Ular 2 soatgacha
ovozlariga dam berishlari kerak bo’ladi.
YUqori nafas yo’llarining sog’lom bo’lishiga, asab
tizimini va ovqatlanish
tartibiga alohida e’tibor berish kerak, ovoz apparati o’tkir, achishtiruvchi taomlarga
nisbatan sezgir bo’ladi. O’ta sovuq yoki o’ta issiq, achchiq taomlar, alkogol
ichimliklar, chekish og’iz va tomoq shilliq qavatining qizarishiga olib keladi.
Tomoq qurib qolishning oldini olish uchun mutahassislar ichimlik sodasi va yod
aralashmasi bilan chayishini maslahat beradilar.
Quyidagi maslahatlar ham foydadan holi emas:
- nutqni monotonligi ham nutq apparati mushaklarini charchatib qo’yadi,
chunki bunday nutqda faqat bir guruh mushaklar ishtirok etadi, shuning uchun nutq
qanchalik ifodali bo’lsa, ovoz shunchalik sog’lom bo’ladi;
- bo’r qipiqlaridan hosil bo’lgan chang ham ovozni emiradi, shuning uchun
doska artadigan latta doim namlangan bo’lishi kerak;
- ovoz bilan ishlagandan so’ng sovuq kunlarda
tez yurish ham mumkin
emas, chunki tez yurganda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, natijada ko’p
sovuq havo nafas yo’lidan o’tadi.