Reja : Kirish. Asosiy qism



Yüklə 302 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü302 Kb.
#112359
  1   2   3
AZOT mavzusiga oid slayd.


R E J A :
Kirish.
Asosiy qism.
1.1. Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi.
1.2. Azotning ochilish tarixi, tabiatda uchrashi.
1.3. Azot elementining olinishi va ishlatilishi.
1.4. Azotning xossalari.
1.5. Azotning muhim birikmalari.
1.6. Azotli o’g’itlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1.1. Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi.
Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta elektron biriktirib olib manfiy 3- oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi.
Azotning ochilish tarixi, tabiatda uchrashi.
Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib , “ hayotiy emas” (“a” – old qo’shimcha inkor , “zoe” – hayot ) degan ma’noni bildiradi . Lotincha nomi “NITROGENIUM “ – “selitra hosil qiluvchi “ deganidir . 1772-yil shotland kimyogari va vrachi D.Rezerford “mefitik” , ya’ni to’liq bo’lmagan , yonish va nafas olishga yordam bermaydigan havo haqidagi disertatsiyasini bosib chiqardi . Bu maqolada element haqida ma’lumotlar berib o’tdi . Undan 2 yil so’ng , ya’ni 1774-yilda Lavuaze unga “azot” deb nom berdi .
Azot-o’zining yerda tarqalishi jihatidan boshqa elementlar orasida oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Azot tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi. Erkin holatlardagi azot havoda bo’ladi. Havoda hajm jihatdan 78,09% , massa jihatdan 75,53% azot bor. Yer qobig’ida azotning massa miqdori 0,01% ga teng. Azot birikma holida hamma o’simlik va hayvonlar organizmida bo’ladi. Azotning tabiiy holda uchraydigan anorganik birikmalaridan chili selitrasi, boshqacha aytganda NaNO3 ma’lum. Tabiatda azotning 2 ta izotopi uchraydi 14N va 15N, bulardan atiga 0,365% 15N izotopi, qolgani esa 14N izotopi hisoblanadi.
Labaratoriyada azot ammoniy nitritni qizdirib olinadi, reaksiya ikki bosqichda boradi.
NH4Cl(kons) + NaNO2(kons) → NH4NO2 + NaCl
NH4 NO2 → N2 + 2H2O
Shuningdek, Br2 ta’sirida ammiakni oksidlab2 olinadi.
2NH3 + 3Br2 → 6HBr + N2

Yüklə 302 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin