132
Jinsiy mayillikni faollashtirish va sinxronlashtirish
maqsadida umurtqali
hayvonlarning jinsiy siklini boshqaruvchi
progesteron
,
sut
emizuvchilarning
prostoglandin
va progesteronning sintetik analogi hisoblangan
kloprostenol
gormonlaridan foydalanadi.
AQSh la sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikda
tanalarning jinsiy
mayilligini sinxronlashtirish uchun ―Sinxro-meyt-B‖ deb nomlangan yangi
preparat ishlab ishlab chiqarilgan. U ikkita gormon yig‘indisidan iborat bo‘lib,
ulardan biri qulog‘ining terisi ostiga yopishtirib qo‘yilsa, ikkinchisi mushak ichiga
yuboriladi. Manashu ikkala gormon ta‘siri ostida tanalarning jinsiy sikli uziladi va
vaqtinchalik to‘xtab qoladi. To‘qqiz kundan so‘ng
teri ostiga yopishtirilgan
gormon hayvonning qulog‘idan olib tashlanadi va hayvonda yangi jinsiy sikl
boshlanadi. Barcha tanalardan preparat bir vaqtda
olib tashlanganligi sababli,
jinsiy sikl ham bir vaqtda boshlanadi. Shu guruhdagi barcha tanalarni 48-54
soatdan so‘ng urchitish yoki sun‘iy urug‘lantirish mumkin. Mazkur preparatlardan
foydalangandan so‘ng tanalarning kuyga kelish-kelmasligini aniqlab o‘tirishga
xojat qolmaydi.
Prostoglandindan ona cho‘chqalarning jinsiy mayilligini sinxronlashtirish
tadbirlaridan Evropa davlatlarida keng foydalaniladi
va u yuqori samaradorli
metod hisoblanadi. Bunday biotexnologik usullar bilan ona cho‘chqalarning jinsiy
mayilligini faollashtirish va sinxronlashtirish, ularning
reproduktiv funksiyasiga
salbiy ta‘sir qilmaydi.
Jinsiy
mayillikni
faollashtirish
uchun
gormonal
preparatlardan
foydalanilganda, har kuni hayvonlarning jinsiy faolligini nazorat qilib borish
zarurati qolmaydi va shu maqsadda sarflanadigan xarajatlar qisqaradi. Jinsiy
mayillikni sinxronlashtirishning ustunligi shundan iboratki,
mollarni qochirish va
nasl olish davrining bir xil vaqtda o‘kazilishiga, guruhlarda em-xashak sarfining
aniq hisobotini olib borisga erishiladi.