O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


HAYVONLAR SELEKSIYASIDA BIOTEXNOLOGIK USULLARDAN



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 HAYVONLAR SELEKSIYASIDA BIOTEXNOLOGIK USULLARDAN 
FOYDALANISH. 
Hayvonlarni sun‘iy urug‘lantirish usuli va uning seleksiya 
samaradorligini oshirishdagi ahamiyati. 
 
Hayvonlarni sun‘iy urug‘lantirish chorvachilikda qo‘llanib kelinayotgan 
ilg‘or biotexnologik usullardan hisoblanib, unda erkak hayvonning jinsiy organida 
etilgan urug‘lari maxsus asbob-uskunalar yordamida olinadi va urg‘ochi 
hayvonning jinsiy ko‘payish a‘zosiga joylashtiriladi (61-rasm). Hayvonlarni bu 
usulda urug‘lantirish har tomonlama xo‘jalik uchun foydali va ahamiyati kattadir. 
Jumladan, sun‘iy urug‘lantirish orqali mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng 
yaxshi bo‘lgan erkak hayvonlardan qisqa vaqt ichida minglab yuqori sifatli nasl 
olish, gigiena jihatdan toza va ozoda bo‘lish, har xil jinsiy infeksiyali kasalliklar 
tarqalishining oldini olishga erishish mumkin. 


130 
Ҳайвонлар
Ҳайвонлар
селекциясида
селекциясида
сунъий
сунъий
уруғлантириш
уруғлантириш
усулидан
усулидан
фойдаланиш
фойдаланиш
61-rasm. Hayvonlar seleksiyasida sun‘iy urug‘lantirish usulidan 
 foydalanish 
Erkin usulda bitta buqa bilan bir yil davomida 30-40 bosh sigirlar urchitilsa, 
qo‘lda qochirishda bu ko‘rsatkich 60-80 boshni tashkil qiladi, sun‘iy urug‘lantirish 
usuli qo‘llanganda esa o‘rtacha 800-1000 bosh, ko‘pi bilan 20 ming boshgacha 
sigirlarni urug‘lantirish mumkin bo‘ladi. 
Bu usulning yana bir afzalligi, hayvonlar qisir qolishining oldini olish 
hisoblanadi. Chunki sun‘iy urug‘lantirish jaraynida urug‘ (sperma) ning sifati 
hamma vaqt nazorat qilib boriladi. 
Hozirgi vaqtda urug‘larni -196
o
C li suyuq azotda muzlatilgan holda uzoq 
muddatda saqlash usuli ishlab chiqilgan. Bunday urug‘lar bir necha oy va yillar 
davomida saqlanganda ham hayotchanligi yo‘qolmaganligi aniqlangan. Shu usulda 
urug‘ni bir shahardan ikkinchi shaharga yoki bir mamlakatdan ikkinchi 
mamlakatga olib borib foydalanish mumkin. Sigirlarni sun‘iy urug‘lantirishdan 
oldin urug‘ solingan ampula yoki payettalar 38-40
o
C li iliq suvda 2-3 minut saqlab 
eritiladi va urug‘ning sifati mikroskopda tekshirib ko‘riladi. 
Sun‘iy urug‘lantirish usulining bunday afzallik tomonlari, uni chorvachilik 
amaliyotida keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Hozirgi kunda ushbu usul bilan 
dunyo bo‘yicha har yili 100 mln dan ortiq (50 % ga yaqin) sigirlar urchitilmoqda. 
Chexiya, Sloveniya, Daniya, Finlandiya, Vengriya kabi davlatlarda 100 % sigirlar 
sun‘iy urug‘lantiriladi. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 95 %, Germaniya va Polshada – 
88 % ni tashkil etadi. AQSh da ushbu usuldan foydalanish natijasida keyingi 20 yil 


131 
ichida sut ishlab chiqarish hajmi 30 % ga oshdi. Avlodining sifati bo‘yicha 
tekshirilgan naslli buqalarning urug‘i bilan sigir va tanalarni sun‘iy urug‘lantirish 
evaziga AQSh chrvadorlari har bir sog‘in sigirdan yiliga 124 dollargacha cof foyda 
olishmoqda. 
Sun‘iy urug‘lantirish usulidan keng foydalanish natijasida qo‘y zotlarini sifat 
jihatdan yaxshilashga va takomillashtirishga erishildi. Jumladan, chorvachilik 
xo‘jaliklarida sun‘iy urug‘lantirishni ommaviy qo‘llanilishi natijasida qisqa 
muddatda dag‘al junli qo‘ylar mayin va yarimmayin junli qo‘y zotlariga 
aylantirildi, mo‘ynali va po‘stinbop qo‘ylar sonini keskin ko‘paytirildi, kavkaz, 
oltoy, stavropol zotli mayin junli, go‘sht-yog‘-jun yo‘nalishidagi tojik zotli, 
respublikamizda ohangaron tipidagi yarimmayin junli-go‘shtbop qo‘ylar guruhi 
yaratildi. 
Sun‘iy urug‘lantirish orqali hayvonlarda trixanomoz, brutsellez, vibrioz kabi 
bir qancha yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olishga erishiladi. Bunday 
kasalliklar uzoq muddat davomida sigirlarning bepusht bo‘lib qolishiga sababchi 
bo‘lib, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazadi. Shuningdek, xo‘jalikda 
hayvonlarni urchitish maqsadida nasldorlik sifati tekshirilmagan, genotipi 
noma‘lum bo‘lgan ko‘plab buqalarni yillar davomida asrash zarurati qolmaydi, 
natijada ortiqcha em-xashak sarflash va ularni qarash uchun boshqa xarajatlar 
hajmi qisqaradi. 
Seleksiya ishlarida duragaylik kuchi va geterozislik effektidan foydalanish 
imkoniyati kengayadi, shu bilan birga inbriding (yaqin qarindosh hayvonlarning 
o‘zaro urchitilishi) holatlari nazorat qilib boriladi va uning zararli oqibatlarining 
oldi olinadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin