131
ichida sut ishlab chiqarish hajmi 30 % ga oshdi. Avlodining sifati bo‘yicha
tekshirilgan naslli buqalarning urug‘i bilan sigir va tanalarni sun‘iy urug‘lantirish
evaziga AQSh chrvadorlari har bir sog‘in sigirdan yiliga 124 dollargacha cof foyda
olishmoqda.
Sun‘iy urug‘lantirish usulidan keng foydalanish natijasida qo‘y zotlarini sifat
jihatdan yaxshilashga va takomillashtirishga erishildi. Jumladan, chorvachilik
xo‘jaliklarida sun‘iy urug‘lantirishni ommaviy qo‘llanilishi natijasida qisqa
muddatda dag‘al junli qo‘ylar mayin va yarimmayin junli qo‘y zotlariga
aylantirildi, mo‘ynali va po‘stinbop qo‘ylar sonini keskin ko‘paytirildi, kavkaz,
oltoy, stavropol zotli mayin junli, go‘sht-yog‘-jun yo‘nalishidagi tojik zotli,
respublikamizda ohangaron tipidagi yarimmayin junli-go‘shtbop qo‘ylar guruhi
yaratildi.
Sun‘iy urug‘lantirish orqali hayvonlarda trixanomoz, brutsellez, vibrioz kabi
bir qancha yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olishga erishiladi. Bunday
kasalliklar uzoq muddat davomida sigirlarning bepusht bo‘lib qolishiga sababchi
bo‘lib, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazadi. Shuningdek, xo‘jalikda
hayvonlarni urchitish maqsadida nasldorlik sifati tekshirilmagan, genotipi
noma‘lum bo‘lgan ko‘plab buqalarni yillar davomida asrash zarurati qolmaydi,
natijada ortiqcha em-xashak sarflash va ularni qarash uchun boshqa xarajatlar
hajmi qisqaradi.
Seleksiya ishlarida duragaylik kuchi va geterozislik effektidan foydalanish
imkoniyati kengayadi, shu bilan birga inbriding (yaqin qarindosh hayvonlarning
o‘zaro urchitilishi) holatlari nazorat qilib boriladi va uning zararli oqibatlarining
oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: