135
ortiq buzoq embrion transplantatsiyasi yo‘li bilan olinmoqda. AQSh, Buyuk
Britaniya, Daniya, Irlandiya, Kanada,
Germaniya, Avstraliya kabi chorvachiligi
rivojlangan davlatlarda murtakni transplantatsiya qilish markazlari faoliyat
yuritmoqda.
Hujayra va gen muhandisligi usullaridan hayvonlar seleksiyasida
foydalanish istiqbollari.
Hujayra muhandisligi rivojlanishi natijasida tadqiqotchilar hujayra
genotipini qayta tuzish va genotipga maqsadga muvofiq bo‘lgan yot genlarni
topish va kiritish evaziga hujayra irsiyatini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Irsiyati o‘zgartirilgan hayvonning tuxum hujayrasidan sun‘iy
sharoitda etuk
organizm yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. Jumladan, Angliyalik olimlar
dunyoda birinchi bo‘lib ―transgen‖ qo‘ylar yaratishga muvaffaq bo‘ldilar (63-
rasm). Bunda qo‘zi embrioniga o‘sish gormonini nazorat qiluvchi gen kiritildi. Bu
jarayon quyidagicha amalga oshirildi. Qo‘ylarning o‘sish
gormonini nazorat
qiluvchi gen embrionga bitta hujayradan iborat bo‘lgan dastlabki otalanish davrida
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: