150
3. Har xil mahsulot yo‗nalishidagi qo‗ylarning eksteryer profilini tasvirlang.
Andoza sifatida askaniya qo‗y zoti o‗lchamini oling (4-jadval). Eksteryer profillari
asosida mazkur zotlarning tana tuzilishidagi o‗ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida
xulosa chiqaring.
4-jadval
Har xil mahsulot yo‗nalishidagi qo‗y zotlarining tana o‗lchami (
sm
)
O‗lchamlar
Zotlar
Askaniya
(mayin
junli)
Kuybishev
(yarim mayin
jun)
Shropshir
(go‗shtli)
Hisor
(go‗sht-
yog‗)
Yag‗rin balandligi
69.5
64,7
58,0
86,8
Gavdaning qiya
uzunligi
71.4
78,1
79,5
81,2
Ko‗krak chuqurligi
32.0
33,3
30,0
39,1
Ko‗krak kenligi
21.3
24,6
24,0
29,0
Ko‗krak aylanasi
100.7
104,2
99,0
117,7
Topshiriq natijalarini ish daftaringizga ko‗chirib
oling va hisobotni
o‘qituvchiga topshiring.
HAYVONLARNI INTERY‘ER KO‗RSATKICHLARI ASOSIDA
BAHOLASH.
Darsning maqsadi:
Tajriba natijalari va ma'lumotlar asosida hayvonlar
mahsuldorligining inter‘yer ko‗rsatkichlari bilan bog‗liqligini aniqlash.
Kerakli jihoz va materiallar:
Sigirlarning individual kartochkasi (№ 2
-sut
shakli), sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar bonitirovkasi to‘g‗risida
uslubiy ko‘rsatma, inter‘er ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi jadval ma‘lumotlari,
kal‘kulyator.
151
Nazariy tushuncha:
Hayvonlar ichki organlarining morfologik (anatomik va
gistologik), fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari yig‗indisi ularning
inter‘yeri
deyiladi.
Hayvonlarning interyeri sohasidagi qonuniyat
va nazariyalar akademik
E.F.Liskun tomonidan yaratilgan bo‗lib, ular chorvachilikda katta burilish yasadi.
1912 yili E.F.Liskunning sut bezlarining gistologik tuzilishi va ularning sersutlikka
bog‗liqligi haqidagi asari nashr etilgach, bu yo‗nalishga asos solindi. Keyinroq
ko‗plab yaratilgan asarlar bu yo‘nalishni boyitdi. Masalan,
barcha organ va
to‗qimalar, bez va qon elementlarining, asab tolalari, teri,
jun va hokazolarning
hayvonlar mahsuldorligiga, vazni, yoshi, jinsiga, oziqlanish,
moslashish
xususiyatlariga, konstitutsiyasiga, ekster'yeriga aloqadorligi va chambarchas
bog‗liqlik xususiyatlarini ifodalab, asoslab berish muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
Prof. E.A.Arzumanyanning tadqiqotlari shuni ko‗rsatadiki,
hayvonlarning
inter‘yer ko‗rsatkichlari, ularning mahsuldorligi va sog‗lomligiga qarab o‘zgarib
turadi. Masalan, go‗sht tipidagi sigirlar, sersut sigirlarga nisbatan kam sut berib,
vazni og‗ir,
ixchamlik indeksi katta, qoni esa eritrosit va gemoglobinga boyroq
bo‗lar ekan. Bunday inter‘yer ko‗rsatkichlaridagi farq sog‗im miqdori bilan
bog‗liqdir. Sersut sigirlarning qonida eritrosit va gemoglobin miqdori kam bo‗lib,
nafas olish va qon tomirlardagi puls chastotasi birmuncha tezlashgani kuzatiladi.
Buni quyidagi tajriba natijalarida ko‗rish mumkin (5-jadval):
5-jadval
Dostları ilə paylaş: