O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

12.
 
Dunyoda birinchi bo‘lib ―transgen‖ qo‘ylar qaysi davlatda yaratildi? 
A. Avstraliyada
B. Amerikada 
C. Angliyada 
D. Yaponiyada
 
13.
 
Transgen qo‘ylar tabiiy qo‘ylarga nisbatan . . . baravar katta va . . . 
baravar tez o‘sadi? 
A. 4 va 5 
B. 2,5 va 2,3 
C. 3 va 5 
D. 1,5 va 1,3
 
 


140 
IKKINCHI QISM
 
AMALIY – LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI 
 
QISHLOQ XO‗JALIK HAYVONLARINING EKSTER‘YERINI 
O‗RGANISH 
Darsning maqsadi:
Qishloq xo‗jalik hayvonlarining ekster‘yeri to‗g‗risida 
tushunchaga ega bo‘lish va ekster‘yer bo‗yicha baholashni o‗rganish. 
Kerakli jihoz va materiallar:
qoramol, ot, cho‗chqa, qo‗y va parandalar yoki 
ularning mulyaji, fotosurati, chorva mollarini ekster‘yeri bo‗yicha baholash 
shkalasi, o‗lchov tayog‗i, sirkuli va lentasi. 
Nazariy tushuncha:
Ekster‘yer deganda, hayvon tanasining tashqi ko‗rinishi 
va tana qismlarining joylashuvi tushuniladi. Hayvonlarni ekster‘yeriga ko‗ra baho 
berish muhim ahamiyatga ega bo‗lib, unda turli xil hayvonlarning zot talablariga 
ko‗ra tana tuzilishi, ixchamligi, konstitutsiyasi, fiziologik faoliyati, salomatligi 
hisobga olinadi. Masalan, sersut sigirlarni ekster‘yeriga ko‗ra go‗shtdor sigirlardan 
farq qilish va ularga baho berish ancha qulay. Bunday farqlar ko‗z bilan chamalab 
aniqlanadi. Sersut sigirlarning qorni va yelini katta, yirik hajmli, bo‗yni va oyoqlari 
uzun, ingichka, boshi yengil, terisi yupqa va cho‗ziluvchan, ya'ni elastik va teri 
ostidagi yog‗ qavati yupqa bo‗lsa, go‗shtdor sigirlarda buning aksini ko‗rish 
mumkin. 
Hayvonlarni ekster‘yeriga ko‗ra baholashda bir necha: ko‗z bilan chamalash, 
o‗lchash, fotosuratlari asosida baholash usullaridan foydalaniladi.
Ko‗z bilan chamalab baholash ikki xil bo‗ladi: 
1) zot xususiyatlari yaxshi ifodalang‗anligi, muchalari mutanosib 
rivojlanganligi va sog‗lomlik belgilarini aniqlash; 
2) tana qismlarini ball shkalasi asosida baholash. Hayvonlar ekster‘erini 
baholashda 10 balli baholash shkalasidan foydalaniladi. 
Hayvonlar ekster‘yerini ko‗z bilan chamalab baholashda aniq ko‗rsatkichlarga 
ega bo‗lish qiyin. Binobarin, hayvonlar tanasining qismlari o‗lchov tayog‗i, 


141 
o‗lchov sirkuli, shtangensirkul, ruletka (o‗lchov lentasi) bilan o‗lchanadi (66-
rasm). Shular asosida hayvonlarning tana indekslari hisoblanadi.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin