O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

66-rasm. O‗lchov tayog‗i va sirkul 
Zotli va nasldor mollarni ekster‘yeriga ko‗ra baholashda, jinsiy belgilarning 
rivojlanganligiga ham alohida e'tibor berish talab etiladi. Umuman mollarga 
eksteryeri asosida baho berishda ular tanasining barcha qismlari (yelkasi, beli 
sag‗risi, ko‗kragi, qorni, oyoqlari, urg‗ochilarida yelini va hokazolar) hisobga 
olinadi. Shunga ko‗ra mollarni 10 balli sistema asosida baholash qabul qilingan. 
Bunda 10 ball olgan hayvon hamma ko‘rsatkichlari jihatidan yuqori darajada, hech 
qanday kamchiliklarsiz bo‘lishi lozim. Agar bironta kamchiligi aniqlansa, u holda 
beriladigan ball qisman pasaytiriladi. Mollarning ekster‘yeriga yanada aniq baho 
berish uchun o‗lchov asboblari va lentalari yordamida ular tanasining qismlari 
o‗lchanadi. Masalan, boshining uzunligi, peshonasining kengligi, yelinining 
chuqurligi va aylanasi, yag‗rin, bel va dumg‗aza balandligi, ko‗krak chuqurligi
kurak orti ko‗krak aylanasi va uning kengligi, gavdasining qiya uzunligi, pocha 
aylanasi va h.k. 
Hayvon organizmining morfologik, fiziologik va bioximiyaviy xossalari va 
belgilarining yig‘indisi ularning konstitutsiyasi deyiladi. Konstitutsiya hayvonlar 
mahsuldorligini, qaysi maqsadda boqilishini va tashqi muhit sharoitiga moslashish 
darajasini ifodalaydi. 


142 
Konstitutsiya hayvonlar hujayrasi, to‗qima va organlarnning umumiy va 
oddiy ko‗rsatkichi bo‗lmasdan, balki barcha xossalarining bir-biriga bog‗liq 
holdagi yagona murakkab birlashmasidan iborat. Konstitutsiya belgilari mollarni 
maqsadga muvofiq tanlash va saralash, boqish va parvarish qilish natijasida, ular 
ma'lum yo‗nalishga ega bo‗lishi kerak. 
Konstitutsiya tiplari.
Mollarning tashqi ko‗rinishiga, to‘qima va a‘zolarining 
rivojlanshiga va ulardan xo‗jalikda foydalanish usullariga ko‗ra, P. N. Kuleshov 4 
ta (nozik, qo‗pol, pishiq va bo‗sh) konstitutsiya tiplari mavjudligini ko‗rsatdi. 
Lekin, chorva mollari orasida bu to‗rt konstitutsiya tiplari sof holda uchramasdan, 
ko‗proq biri ikkinchisiga qo‗shilgan holda bo‗ladi. Masalan: I-nozik-pishiq; II - 
nozik-bo‗sh; III - qo‗pol-pishiq va IV - qo‗pol-bo‗sh konstitutsiya tiplari uchraydi. 
Bonitirovka o‘tkazishda har bir hayvonning asosiy mahsuldorligi muhim 
ko‘rsatkich sifatida e‘tiborga olinadi. Masalan, sigirlarning sut mahsuldorligi, 
sutidagi yog‘ miqdori, otlarning chopqirligi, og‘ir yuk torta olish xususiyati, 
qo‘ylarning mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra jun mahsuldorligi va sifati, tovuqlarning 
serpushtligi va tuxumining og‘irligi kabilar bonitirovka o‘tkazuvchining diqqat 
markazida turadi. Bonitirovkani maxsus komissiya o‘tkazadi va ularning 
ma‘lumotlari vedomost - dalolatnomalar asosida rasmiylashtiriladi. 
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‘ra baholashda, ularning zoti va zotdorligi 
hisobga olinadi, qaysi tizim yoki oilaga mansubligi aniqlanadi. 
Ekster‘yeriga ko‘ra baholashda, ularning tashqi qiyofasi hisobga olinadi. 
Bunda katta yoshdagi hayvonlar 10 ballik, yosh mollar 5 ballik tizim asosida 
baholanadi. 
Vazniga ko‘ra baholashda mollar tarozida tortiladi va qaysi yo‘nalishga 
mansubligi, zoti ko‘rsatiladi. Keyin har bir yo‘nalish va zot talabiga ko‘ra baho 
beriladi. 
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktatsiya davrida bergan sut miqdori, 
sutining yog‘ va oqsil miqdoriga ko‘ra baholanadi. 


143 
Cho‘chqalar serpushtligi, bolalarining tez semirishiga va ikki oylik 
bolalarining vazniga ko‘ra baholanadi. Ularning sersutligi 21 kunlik bolalarini 
tortib ko‘rish bilan aniqlanadi. 
Qo‘ylar mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra junining vazni, sifati (tola ingichkaligi, 
tekisligi, qalinligi va teryog‘liligi) bilan baholanadi. 
Qorako‘l qo‘zilar 1-3 kunligida mo‘ynasining sifatiga qarab baholanadi. 
Bunda terisining rangi, guldorligi, jingalaklarining yirik-maydaligi, junining 
yaltiroqligi hisobga olinadi. 
Go‘sht-yog‘ yo‘nalishida boqiladigan qo‘ylar go‘shtdorligi va dumbasining 
hajmi, vazni va tashqi ko‘rinishi, po‘stinbop qo‘ylar mo‘ynasining sifati va 
serpushtligiga qarab baholanadi. 
Parandalar qaysi yo‘nalishda boqilishiga ko‘ra serpushtligi, go‘shtdorligi, 
tuxumining kattaligi va ekster‘yeriga ko‘ra baholanadi. Tuxumining vaznini 
aniqlash uchun ularning 10 tasini tortib har birining o‘rtacha vazni aniqlanadi. 
Bonitirovka ishlari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan 
maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib boriladi. 
Hayvon tanasining qismlarini o‗lchash natijalari asosida, tana tuzilishi 
indeksidan tashqari, ekster‘yer profilini ham tasvirlash mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin