63-rasm. Dolli qo‘yini klonlashtirib olish usuli
Keyin, ushbu transgen boshqa qo‘y bachadoniga ko‘chirib o‘tkaziladi va
unda embrion rivojlanib, etuk transgen qo‘zi tug‘iladi. Bunday eksperiment
o‘tkazilishi natijasida, tabiiy qo‘ylarga nisbatan 1,5 baravar katta va 1,3 baravar tez
o‘sadigan qo‘ylar yaratish imkoniga ega bo‘ladi.
136
Shu vaqtgacha olimlar tomonidan ―transgen‖ sichqonlar olishga erishgan
edilar, amerikalik tadqiqotchilar esa odamning o‘sish gormoni genini
cho‘chqalarning irsiy (DNK)apparatiga kiritishga erishganlar.
64-rasm. Gen muhandisligi usuli bilan olingan ximerli hayvon
Embriobiotexnologiya va gen muhahdisligi usullari bilan ximerli hayvon,
ya‘ni yarmi qo‘y va yarmi echkiga o‘xshash bo‘lgan hayvonlar olishga erishdilar.
Ularning tashqi tuzilishi echkiga o‘xshasada, qo‘ylarniki singari serjun bo‘lgan
(64-rasm).
Hozirgi
vaqtda
biotexnologik
usullar
parandachilik,
asalarichilik,
baliqchilik, ipakchilik tarmoqlarida ham qo‘llanilmoqda (65-rasm).
65- rasm. Biotexnologik usullar yordamida har xil rangdagi jo‘ja va baliqlar
o‘stirish
137
SAVOLLAR:
1.
Sun‟iy urug‟lantirish usulining afzalliklarini tushuntirib bering.
2.
Nima uchun hayvon urug‟larini chuqur muzlatish usuli qo‟llaniladi?
3.
Embrion transplantatsiyasi usulining mohiyatini izohlab bering
4.
Hayvon hujayrasi muhandisligining qanday o‟ziga xos xususiyatlari bor?
5.
“Transgen” qo‟ylar qanday yaratilgan?
6.
Transgen hayvonlar olish va embrionni transplantatsiya qilish
texnologiyasini izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: |