O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Topshiriq uchun individual variantlar



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Topshiriq uchun individual variantlar
9-jadval 
Buzoqlarning tug‗ilgan vaqtdagiga nisbatan o‘sishi 
Yoshi 
Tirik vazni 
(kg) 
Tug‗ilgan 
vaqtdagiga 
nisbatan 
o‗sish (%) 
Absolyut 
o‗sish (kg) 
O‗rtacha 
sutkalik 
o‗sish (g) 
Nisbiy
o‗sish (%) 
Tug‗ilganda 
100 
3 oylikda 
247 
6 oylikda 
417 
9 oylikda 
550 
12 oylikda 
683 
15 oylikda 
803 
18 oylikda 
923 
 
Vari 
antlar









10 
11 
12 
13 
Tug‗il 
gandagi 
o‗rtacha 
vazni 
28.0 28.2 28.4 28.6 28.8 30.0 30.2 30.4 30.6 30.8 31.0 31.2 31.4 
Vari 
antlar
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
23 
24 
25 
26 
Tug‗il 
gandagi 
o‗rtacha 
vazni 
31.6 31.8 32.0 32.2 32.4 32.6 32.8 33.0 33.2 33.4 33.6 33.8 34.0 


156 
SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGIINI HISOBLASH VA 
BAHOLASH TARTIBI 
 
Darsning maqsadi:
Qoramollarning sut mahsuldorligini hisoblash va sut 
mahsuldorligi bo‗yicha sigirlarni baholash usullarini o‗rganish. 
Kerakli jihoz va materiallar:
sigirlarning individual kartochkasi (№ 2
-sut
shakl), sut va sut-go‘sht yo‗nalishidagi qoramollar bonitirovkasi to‗g‗risida uslubiy 
ko‗rsatma, kalkulyator. 
Nazariy tusfuncha:
Bonitirovka o‘tkazishda har bir hayvonning asosiy 
mahsuldorligi muhim ko‘rsatkich sifatida e‘tiborga olinadi. Masalan, sigirlarning 
sut mahsuldorligi, sutidagi yog‘ miqdori, yilqilarning chopqirligi, og‘ir yuk torta 
olish xususiyati, qo‘ylarning mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra jun mahsuldorligi va 
sifati, tovuqlarning serpushtligi va tuxumining og‘irligi kabilar bonitirovka 
otkazuvchining diqqat markazida turadi. 
Bonitirovkani maxsus komissiya o‘tkazadi va ularning ma‘lumotlari 
vedomost-dalolatnomalar asosida rasmiylashtiriladi. 
Sigirlarning sut mahsuldorligini hisobga olishninig bir qancha usullari mavjud 
(kundalik sog‗ib olingan sutni o‗lchab borish, har 10 kunda nazorat sut sog‗imi 
o‗tkazish va h.k). Shuningdek, sigirlarning sut maxsuldorligini aniqlashning ham 
turlicha usullari qo‗llaniladi (eng baland kundalik sut sog‗imi, laktatsiya 
davomidagi sog‗im, birinchi 300 yoki 305 kunlik sog‗im, qisqartirilgan 
laktatsiyadagi sog‗im, kalendar yil davomidagi sog‗im, umri davomida sog‗ilgan 
sut). 
Sigirni sut mahsuldorligi bo‘yicha baholashning eng aniq usuli kundalik sut 
sog‗imini hisoblash yo‗lidir. Amaliyotda keng tarqalgan usul esa har dekadada 
sog‗imni hisobga olib borish usulidir (har 10 kunda bir marta nazorat sut sog‗imi 
o‗tkaziladi). Bu usulda nazorat kunida sog‗ib olingan sut miqdori 10 ga 
ko‘paytiriladi va 3 marta nazorat sut sog‗imi natijasida olingan sut yig‗indisi, bir 
oyda olingan sut miqdorini tashkil etadi. Masalan, nazorat sog‗imi kuni (5 may 
2019 yilda) Volna lakabli qora-ola zotli sigirdan 15 kg, o‗n kundan keyin (15 may 


157 
2019 y.) - 18,8 kg, uchinchi nazorat sog‗imi kuni esa (25 may 2019 y) -14,2 kg sut 
sog‗ib olindi. Olingan ma'lumotlar asosida sigirdan may oyida jami: (15,5 x 10) + 
(18,8 x 10) + (14,2 x 10) = 485 kg sut sog‗ib olingan. 
Agar sigirni tugallanmagan laktatsiyasi bo‗yicha baholash lozim bo‗lsa, ya'ni 
uning to‗liq laktatsiya bo‘yicha sut mahsuldorligini dastlabki 3, 4, 5 oydagi sog‗im 
ma'lumotlari asosida hisoblash zarurati paydo bo‘lsa, unda mazkur xo‗jalik podasi 
uchun ishlab chiqilgan koeffisiyentdan foydalaniladi. Ma'lum vaqt davomida 
sog‗ib olingan sutni tegishli koeffisiyentga ko‗paytirish orqali shu sigirdan to‗liq 
laktatsiyasi bo‗yicha sog‗ib olinishi mumkin bo‘lgan sut miqdorini hisoblab topish 
mumkin. Masalan, Xolmogor zotiga mansub bir podadagi sigirlarning to‗liq 
laktatsiyadagi o‗rtacha sut sog‗imi 4000 kg ga teng, ularning dastlabki 3 oydagi sut 
sog‗imi o‗rtacha 1600 kg ni tashkil qilgan, demak sigirning to‗la laktatsiyadagi sut 
mahsuldorligini aniqlash uchun, 3 oylik sut sog‗imini 2,5 (4000 : 1600) ga 
ko‗paytirish kerak bo‗ladi. Xuddi shu podadagi sigirlarning dastlabki 4 oylikdagi 
o‗rtacha sut sog‗imi 2050 kg, 5 oylikda esa 2500 kg ni tashkil qilsa, to‗lik 
laktatsiyalagi sut miqdorini aniqlash uchun koeffisiyentlar tegishlicha - 1,9 (4000 : 
2050), 1,6 (4000 : 2500) ga teng bo‗ladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin