153
HAYVONLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHINI O‘RGANISH.
Darsning maqsadi:
Chorva mollarining mutlaq (haqiqiy, absolyut), nisbiy va
sutkalik o‘sishini aniqlash usullarini o‘rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
Hayvonlarni ma'lum davrlarda o‘lchangandagi
ma'lumotlar, plakatlar, darslik, kalkulyator.
Nazariy tushuncha: O‘sish
deb hayvonlarning organizmida miqdoriy
o‘zgarishlarning yuz berishiga aytiladi.
Rivojlanish
da
esa organizmning hujayra,
to‘qima va a‘zolarida o‘sish bilan birga sifat o‘zgarishlar ham sodir bo‘ladi.
O‘sishda
organizm hajmi va salmog‘ining ortib borishi,
organlari ham
bo‘yiga, ham eniga kattalashib borishi tushuniladi. Rivojlanish jarayoni tuxum
hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, hayvonlar qariguncha davom etadi.
Chorva mollarining o‘sishi va roivojlanishi ularning hayotida muhim jarayon
hisoblanadi. Bu jarayonning jadal va sust borishiga bir qancha omillar ta‘sir
ko‘rsatadi. Bularga hayvonlarning zoti va zotdorligi, irsiy xususiyatlari, jinsi, ichki
va tashqi muhit ta‘sirlarini misol keltirish mumkin.
Shuningdek, hayvonlarning
o‘sishi va rivojlanishiga
ularni oziqlantirish, oziqa miqdori va turlari ham katta
ta‘sir ko‘rsatadi. Jumladan, sut va yem bilan boqilgan buzoqlarning vazni og‘ir va
go‘shtdor, ko‘proq dag‘al xashak va sersuv oziqalar bilan boqilganda esa buzoqlar
birmuncha ixcham, sut mahsuldorligi kam bo‘lishi aniqlangan.
Yosh mollar
saqlanadigan xonalarda yorug‘likning yetishmasligi, nam va zax bo‘lishi ularning
sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Aksincha, quyosh nuri va sun‘iy yorug‘lik
yetarli bo‘lsa, yosh mollar sog‘lom, har xil kasalliklarga
chidamli va baquvvat
bo‘lib o‘sadi.
Yosh hayvonlarni to‘gri, sog‘lom o‘stirish uchun organizmning o‘sish
qonuniyatlarini bilish kerak. Buning uchun hayvonlarni vaqti-vaqtida o‘lchab,
ularning mutlаq (haqiqiy, absolyut), nisbiy va sutkalik o‘sishini aniqlash kerak.
1.
Haqiqiy absolyut o‘sish hayvonning muayyan vaqt (kun, oy) ichida
qo‘shimcha vazn olishidir. U :
Dostları ilə paylaş: