124
Bu usulga binoan sherozi sovliq va qo‘chqorlar bir-biri bilan emas, balki
sherozi sovliqlar arabi qo‘chqorlar bilan chatishtiriladi
va ulardan olinadigan
qo‘zilarning 50 % sherozi, 50 % esa arabi mo‘ynadan iborat bo‘ladi. Natijada,
sherozi qo‘zichoqlar miqdorini kamaytirmasdan, hech qanday qo‘shimcha
xarajatlarsiz arabi qo‘zichoqlar tug‘ilishini 25 % ga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Hayvonlar seleksiyasida immunogenetik nazorat usullaridan
foydalanish.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining bioxilma-xilligini saqlash, chorvachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda chorva mollari va
parandalari bosh sonini ko‘paytirish
bilan bir qatorda, ularning nasli va zotining
sifatini ham yaxshilash talab etiladi.
Chorva mollari va parandalarining kelib chiqishi va ularning sifat
ko‘rsatkichlarini nazorat qilib boruvchi ishonchli usullardan biri, hayvonlarning
kelib chiqishini qon guruhlari bo‘yicha immunogenetik nazorat o‘tkazib borishdir.
Ma‘lumki, an‘anaviy usulda mollarni urchitish va ularning hisobini olib
borishda, albatta, xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Natijada tekshirilayotgan yoki nasl
uchun foydalaniladigan hayvonlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri
ma‘lumotlarni qayd etish hollari kuzatiladi. Bunday tasodifiy noto‘g‘ri
ma‘lumotlar yuzaga kelishining oldini olishda
immunogenetika usullardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki odamda va hayvonlarda qon guruhlari
butun umri davomida, tashqi va ichki muhit sharoitlari qanday bo‘lishidan qat‘iy
nazar, o‘zgarmaydi.
Immunogenetik nazorat o‘tkazish uchun hayvonlardan qon tahlili bir marta
o‘tkaziladi va olingan natija hayvon pasportiga yozib qo‘yiladi.
Laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun probirkaga 10 ml qon olinib,
nomerlanadi, og‘zi yaxshilab berkitiladi va termosga solib laboratoriyaga
jo‘natiladi. Qon namunalari bilan birga, qonni qaysi hayvondan olinganligi
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham qo‘shib yuboriladi.
125
Immunogenetik nazorat usuli asosida yot (begona) qonga nisbatan,
retsipient (qabul qiluvchi) qon zardobida antitelolar
ishlab chiqish va
agglyutinatsiyalanish jarayoni yotadi.
Olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida hozirgi kunda
qoramollarning 100 dan ortiq qon omili aniqlangan, cho‘chqalarda – 60 ta,
tovuqlarda – 60 ta, ot va qo‘ylarda – 20 dan ortiq qon omili mavjud. Bu juda
murakkab oqsil birikmalari, yoki oqsillarning polisaxaridlar bilan birikmasi bo‘lib,
ularning har xil kombinatsiyalari natijasida chorva mollarida turli xil qon guruhlari
vujudga keladi. Har xil qon omillarining o‘zaro qo‘shilishi natijasida qoramollarda
13 ta qon guruhlari, cho‘chqalarda – 19 ta, tovuqlarda – 14 ta, otlarda – 8 ta va
qo‘ylarda 7 ta qon guruhi mavjudligi aniqlandi.
Genetika fanining irsiylanish qonunlariga binoan, yangi tug‘ilgan
avlodlar
o‘z ota-onalaridan, ulardagi mavjud gametalarning erkin kombinatsiyalanishi
asosida ma‘lum irsiy belgilarga ega bo‘ladi va bu belgi, xususiyatlar ularning
genotipi hamda fenotipida yuzaga chiqadi.
Qon guruhi sistemasidagi antigenlar to‘plami juda katta variantlarda
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Hayvonlarning ko‘payishi jarayonida shunday
qon guruhi
tiplari vujudga keladiki, ular amalda bir-birini hech qachon
takrorlamaydi va o‘xshash bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, odamlarni qo‘l
barmog‘ining iziga qarab ajratganidek, hayvonlarni qon guruhi bo‘yicha individual
farqlash mumkin.
Chorvachilik amaliyotida qon guruhining hayvonlar mahsuldorligi bilan
o‘zaro bog‘liqlik darajasini o‘rganishga ham katta qiziqish bilan qaralmoqda.
Bunday bog‘lanishning mavjudligi, undan seleksiyachi mutaxassislar uchun
hayvonlar podasini qayta tiklash ishlarida foydalanish ko‘zda tutilgan. Shunga
ko‘ra, qon tarkibida faqatgina yuqori mahsuldorlik belgisiga ega bo‘lgan
hayvonlarni tanlab olish va tegishli saralash rejasini tuzish mumkin. Masalan,
simmental, kostroma va latviya qo‘ng‘ir zotli sigirlarda qon guruhi ―
B
‖ alleli
bo‘yicha gomozigotali bo‘lganda, sut mahsuldorligining
oshganligi kuzatiladi;
126
yaroslavl zotli sigirlarda esa ―
AD
‖ tipidagi transferrin bilan xuddi shunday
bog‘lanish mavjudligi aniqlandi.
Sigirlar sutining serqaymoqligi, qon zardobida
- globulinlar miqdoriga
bog‘liqligi, sersutlik darajasi, sut tarkibidagi yog‘, oqsil miqdori hamda
hayvonlarning kuyukishi va tuxum hujayralarning otalanish
qobiliyati qondagi
transferrin tiplarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ko‘plab ma‘lumotlar
ilmiy adabiyotlarda keltiriladi.
Tovuqlarda qon guruhlarining alohida genotipi bilan tuxumlarining
otalanishi, jo‘ja ochib chiqishi va postembrional davrda yashovchanlik
qobiliyatining ortishi orasida bog‘lanish mavjudligi tajribalar natijasida aniqlandi.
Qoramol zotlarida olib borilgan ko‘plab tajribalarda, ma‘lum bir qon
guruhlariga ega bo‘lgan sigirlarda sutining serqaymoqligi bilan umr ko‘rish
davomiyligi orasida korrelyativ bog‘lanish borligi aniqlandi.
Amerikalik olim Stinvild hamkorlari bilan hayvonlarda quyidagi qonuniyat
mavjudligini aniqladi: ayrim qon guruhlari lokusi bo‘yicha geterozigotali qo‘ylar,
yuqori vaznga ega ekanligi va go‘shtdorlik belgilari yaxshi ifodalanganligi bilan
ajralib turadi. Shuningdek, antigenlik omili bo‘yicha
geterozigotali sigirlar,
gomozigotali tengdoshlariga nisbatan birmuncha sermahsul ekanligi ko‘rsatib
berildi.
Dostları ilə paylaş: