Qoramol zotlarini o’rganish
Chorvachilikni asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan
qoramolchilik dunyo
miqyosida bir me’yorda rivojlanmoqda. Er yuzining barcha davlatlarida
ixtisoslashgan sermahsul zotlarni urchitish keng miqyosda olib borilmoqda.
O’zbekistonning turli mintaqalarida tumanlashtirilgan qoramol zotlaridan 4
tasi sut va qo’sh mahsuldorli yo’nalishdagilar (qora-ola, qizil-cho’l, bushuev va
hvis) va uchtasi go’sht yo’nalishdagilar (santa-gertruda, qozoqi oqbosh, aberdin –
angus).
O’zbekistonda urchitilayotgan qoramollarning 40
foizini qora-ola zotlar, 29
foizini qizil zotlar, 22 foizini qo’ng’ir zotlar, 3 foizini bushuev zoti va 6 foizini
go’shtdor zotlar tashkil qiladi.
Qoramollarning ajdodi turni (bizgacha
saqlanmagan, oxirgi vakili 1627 yili
Polshada Mazoviya hayvonot bog’ida halok bo’lgan) ta’riflaydigan bo’lsak, u yirik
tana tuzilishli, mustahkam, o’tkir shoxli, kuchli hayvon bo’lgan. Tur buqalarining
yag’rin balandligi 180-200 sm va sigirlariniki 160-175 smga to’g’ri kelgan.
Qoramol zotlari mahsuldorlik yo’nalishiga qarab 3 guruhga bo’linadi.
I. Sut yo’nalishidgi zotlar - qora-ola, xolmagor, yaroslav, avliyoota, bushuev,
qizil cho’l zoti va boshqa zotlar kiradi.
1) Qora-ola zotiga mansub mollar respublikamizning barcha viloyatlarida
urchitiladi. Umumiy soniga nisbatan, asosiy qismi Toshkent, Farg’ona, Namangan,
Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida, 10 foiz atrofida Andijon, Buxoro, Surxondaryo
va Xorazm viloyatlarida urchitiladi.
Mollarning rangi qora-ola bo’lib, ko’kraklaridagi oq belbog’ uning o’ziga xos
belgisidir.
Qora-ola zotli sigirlar nihoyatda yuqori (4000-6000 kg sut, yog’liligi 3,6-
4,0%) mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Кatta yoshdagi sigirlarning tirik vazni
o’rtacha 500-550 kg, nasldor buqalarning vazni esa 1000-1200 kgni tashkil qiladi.
Qizil cho’l zoti, Buxoro,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy
viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida urchitiladi.
Mollarning rangi och qizildan to to’q qizil ranggacha tovlanadi. Sigirlarning
vazni 450-500 kg, buqalarniki esa 800-900 kg ni tashkil etadi.
Sigirlarning sut
sog’imi 3000-5000 kg, yog’ligigi 3,8-3,9%.
Bushuev zotiga mansub bo’lgan qoramollar asosan Sirdaryo viloyatida
urchitiladi. Mollarning rangi oq tusli bo’lib, butun tanasi bo’ylab, ko’plab mayda
qizil yoki qora hollar mavjud bo’ladi, quloqlari va burun ko’zgusi to’q qora,
gavdasi uzunasiga cho’ziq. Buzoqlari tug’ilganda 22-36 kg, sigirlari 440-550 kg,
buqalar 750-1000 kg gacha vaznga ega bo’ladi. Sigirlar sut sog’imi 2500-3500 kg.
II. Qo’sh mahsuldorli zotlar – Shvis, Olatov, Simmental va boshqa zotlar
kiradi.
SHvis zoti Andijon, Farg’ona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo
viloyatlarida urchitiladi. SHvis zoti qo’ng’ir tusli bo’lib, och qo’ng’irdan to’q
qo’ng’ir tusgacha tovlanadi. Tumshug’i to’q tusli, uning
atrofida och tusli jun
qoplami ko’zga tashlanib turadi. Buzoqlarning tug’ilgandagi tirik vazni 31-38 kg,
sigirlarning tirik vazni 500-600 kg, buqalarning vazni esa 800-1000 kgni tashkil
etadi. Har bir sigirdan 3500-4000 kgdan yog’liligi 3,8-3,9% li sut sog’ib olinadi.
Olatov zoti. Bu zot Qirg’iziston va Qozog’istonning Olatov tog’ oldi
mintaqasida yaratilgan.
Sigirlarning vazni 550-580 kilogramm, buqalarning vazni 850-1000
kilogramm, sut mahsuldorligi 3549 kilogramm va yog’lilik darajasi 3,4 foiz.
So’yim chiqimi 55-57 foizni tashkil qilgan.
Go’shtdor qoramollar zoti. –
Santa-gertruda, qozoqi oq bosh, gereford,
sharole, shortgorn va boshqa zotlar kiradi.
Santa – gertruda zoti. Vatani Amerikaning Texas
shtatidagi Santa-gertruda
tumani hisoblanadi. 1967 yili 11 buqa va 69 g’unajin o’zbekistonning Jizzax
viloyatidagi «Baxmal» xo’jaligiga joylashtirildi. Sigirlarning vazni 500-700 kg,
buqalari 950-1200 kilogrammni tashkil qiladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi 1500-
1800 kg, uning yog’liligi 4,5-5,0 foiz. So’yim chiqimi 60-66 foiz.