SOXTA UN-SHUDRING
(Pcrcnoplaimopara cuboiuia)
Poliz ekinlarida soxta un-shudringni Perenoplasmopara cubensis (sinonimi
Pseudoperenospora cubensis) oomiset zamburug4i qo4zg‘atadi.
Kasallikka barcha
poliz ekinlari moyil, ammo, ko'pincha, bodring va mushk qovunga katta zarar yet-
kazadi. Soxta un-shudringning 0 ‘zbekistonda tarqalishi haqida adabiyotlarda
ma'lumotlar kam O H Q I xodimlari kuzatuvlanda (Sh.T.Xodjayev) Farg‘ona vo-
diysida issiqxonalarda ekiladigan bodringda keng tarqalganligi aniqlangan.
Zararlangan barglarda mayda tomirchalar
oralarida joylashgan, serqirra
oqish dog‘lar pay do bo‘ladi, keyinroq ular sarg‘ayadi yoki qo4ng4ir tus oladi, barg
olachipor bo‘lib qoladi. DogMar so'ngra bir-biriga qo4shilib ketadi va qo4ng4ir tus
oladi. Bargning ostki tomonidagi dog4lar ustida mayin oqish
yoki och-kulrang mo-
g4or qatlami rivojlanadi, yuqori namlik sharoitida bu qatlam kulrang, to4q-qizg4ish
yoki binafsha tus oladi.
Zararlangan barglar qotib, qurib qoladi. Kuchli zararlangan
o4simliklar barglarining ko‘pchiligi to4kilib ketadi, natijada hosil pasayadi. Kasal-
lik yomg4ir tomchilari va shamol orqali hamda ishchilar kiyimlari
va asbob-uskuna
vositasida tarqaladi. Yuqori namlik va nisbatan past harorat kasallik uchun qulay
hisoblanadi.
Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Perenoplasmopara cubensis. Barglarda miseliy
nok yoki panja shaklli gaustoriyalar hosil qiladi Zoosporangioforalar
barg teshik-
laridan bittadan yoki 2-7 tadan dasta shaklida chiqadi, ularning o4lchami 150—
250x7-9 mkm, ostki qismi kengroq (10,8 mkm gacha), ustki qismi noto4g4ri dixo-
tomik shoxlangan. Zoosporangiylar
ellips yoki tuxum shaklli, ustida g 4uddachasi
mavjud, kulrang yoki binafsha tusli, ba’zan biroz qo4ng4ir, 20-28x16-20 mkm.
Oogoniy dumaloq. Oosporalari dumaloq, sarg'ish, diametri 36-43,2 mkm.
Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug4likni
ekishdan
2-3 oy oldin 40°C haroratda 8 soat davomida isitish va fiingisid bilan dorilash;
o4sish davrida maxsus fungisidlardan (1% li Bordo suyuqligi; 0,4%
li mis xlorok-
sid; kvadris 25% sus.k., 0,4-0,6 1/ga; ridomil gold, 68% s.e.g, 2,5 kg/ga; strobi
50% s.e.g. yoki 50% sus.k. 0,2-0,3 kg,1/ga va b.) birini qo4llashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: