164
Kredit 20206 – «Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saq-
lanadigan depozitlari»
Kredit 20406 – «Jismoniy shaxslarning jamg„arma depozitlari»
Kredit 20606 – «Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari»
Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha
yoki minibank o„z mijozlarining omonatlari hisobidan naqd pul bersa,
quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206
Debet 20406
Debet 20606
Kredit 10111
Bu hisobvaraq nomerlari yuqorida ko„rsatilganligi sababli
ularning nomini ko„rsatmadik, eslab qolish qobiliyatingizni bir
sinab ko„ring!
Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha
yoki minibank hisobvarag„iga kirim qilingan madad puli hamda kun
davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat
qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa
to„laligiga 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag„iga
quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi orqali biriktirilishi lozim:
Debet 10109 – «Yo„ldagi naqd pullar va boshqa to„lov hujjatlari»
Kredit 10111 – «Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-
gi naqd pullar»
10111 – «Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd
pullar» hisobvarag„i qoldig„i kun oxirida biriktirilganda, quyidagi bux-
galteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 10109 –
Dostları ilə paylaş: