Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
 
Taqrizchilar:
Karaliyev T.M. – «Banklarda buxgalteriya hisobi
va audit» kafedrasi mudiri, professor, i.f.n. 
Marpatov M.D. – O„z.R. MBning “Buxgalteriya
hisobi, hisoboti va davlat budjeti kassa ijrosi
departamenti” direktor o„rinbosari dotsent, i.f.n. 
ISBN 978-9943-13-193-4
 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2010 



KIRISH 
 
O„zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan 
tashkil topgan bank tizimi faoliyat ko„rsatmoqda. Respublika bank tizi-
mini izchil ravishda isloh qilish orqali uning mustahkam va barqaror-
ligini ta„minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bank tizimida 
yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.Karimovning 
2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O„zbekistonni ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlan-
gan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzада ham aytib o„tilgan. 
«So„nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar 
ko„paydi. Birgina o„tgan yilning o„zida yetakchi banklarning nizom jam-
g„armalarini oshirish uchun qo„shimcha ravishda 500 milliard so„mdan 
ortiq davlat mablag„lari ajratildi. Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank 
tizimining 90 foizdan ortig„ini tashkil qiladigan 14 ta tijorat banki «Fitch 
Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro rey-
ting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olish-
ga muvaffaq bo„ldi.»
1
Banklarning barcha operatsiyalari jahon tajribasidan foydalangan 
holda bajarilmoqda. Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini milliy 
xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalarga javob beradigan 
tarzda olib borish uchun banklar buxgalteriya hisobining yangi hisob-
varaqlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. “Banklarda bux-
galteriya hisobi va operatsion texnika” fani orqali talabalarga ushbu 
hisobvaraqlar rejasi asosida bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobi 
va rasmiylashtirish tartibi o„rgatiladi. 
Ushbu o„quv qo„llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion 
texnika”
 
fani bo„yicha tasdiqlangan namunaviy hamda ishchi dastur aso-
sida yaratilgan bo„lib, unda banklarda buxgalteriya hisobining tashkil 
etilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning turlari, bank mijoz-
lariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritilgan. O„quv qo„llanmada 
Markaziy bank va tijorat banklarining hisob raqamlar rejasi, ularning 
strukturasi, bu rejalarning alohida xususiyatlari ko„rsatib o„tilgan. 
Ma‟lumki, banklar mijozlarga xizmat ko„rsatish jarayonida juda 
ko„plab operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hiso-
bini to„g„ri va o„z vaqtida yuritish iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tez-
lashtirish, xo„jalik yurituvchi subyektlarning o„zaro majburiyatlarini ba-
1
Karimov I.A. Аsosiy vаzifamiz – vаtаnimiz tаrаqqiyoti ва хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа 
yuksаltirishdir. – Т.: “O„zbekiston”. 2010-yil. 



jarishga yordam beradi. Ushbu o„quv qo„llanmada banklar tomonidan 
bajariladigan operatsiyalar, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar, qim-
matli qog„ozlar, kassa, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalari ham-
da banklararo hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi bataf-
sil yoritib berilgan. Bank asosiy vositalari, kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar, nomoddiy aktivlar, bank daromadlari va xarajatlarining bux-
galteriya hisobini yuritish tartiblariga ham alohida o„rin berilgan.
Banklarda bajariladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini 
tashkil etish tartibi o„quv qo„llanmaning 11 ta bobida yoritib berilgan. 
O„quv qo„llanmaning I bobida banklarda buxgalteriya hisobini 
tashkil qilish asoslari, bank hisob-operatsion bo„limining tuzilishi va 
ushbu bo„lim xodimlarining vazifalari, banklarning hisobvaraqlar rejasi, 
uning tuzilishi, Markaziy bank va tijorat banklari hisobvaraqlar rejalari-
ning o„xshashligi va farqli tomonlari, banklarda buxgalteriya yozuvlarini 
bajarish asoslari, bank balansi va uning tuzilishi yoritilgan. 
O„quv qo„llanmaning II bobida banklarda analitik va sintetik hi-
sobning tashkil etilishi, Bosh va yordamchi kitob materiallari, ularni 
o„zaro solishtirish va xatolarni tuzatish kabi ishlar o„z ifodasini topgan. 
Ushbu o„quv qo„llanmaning III bobida banklarda ishlatiladigan 
hujjatlar, ularning asosiy rekvizitlari, to„ldirish tartibi, bankda hujjatlar 
aylanishi va bank hujjatlarni saqlash tartibi ko„rsatilgan. 
O„quv qo„llanmaning IV bobida banklar tomonidan mijozlarga 
hisob raqamlar ochish va ularni yuritish tartibi, shuningdek, ushbu hisob 
raqamlarni yopish, boshqa banklarga o„tkazish va qayta rasmiylashtirish 
tartiblari ham ko„rsatib berilgan. 
O„quv qo„llanmaning qolgan V-IX boblarida bankning turli operatsiya-
lari, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitob, banklararo hisob-kitob, qisqa va 
uzoq muddatli kredit, kassa, qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar-
ning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritib berilgan. 
Oxirgi

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin