21
etish xarajatlari nomli asosiy hisobvaraq va unga qarashli 5 ta subhisob-
varaqni oladi. Ularda banknotlarni bosmadan chiqarish xarajatlari, tan-
galarni zarb etish xarajatlari, banknotlarni tashish xarajatlari, tangalarni
tashish xarajatlari va milliy valutaning himoyaviy xossalari va dizayni
bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga xarajatlar hisobi olib boriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bank barcha tijorat banklari o„rtasidagi
banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli bunday hisob-ki-
toblar hisobini yuritish uchun tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari
bilan birgalikda banklararo hisob-kitoblar bo„yicha 27416-tranzit hisob-
varag„i ochilgan. Bunday hisobvaraq tijorat banklarining hisobvaraqlar
rejasida yo„q.
Tijorat banklari iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shaklla-
riga tegishli xo„jaliklarga xizmat ko„rsatadi, shunga asosan tijorat bank-
larida alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tar-
moqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari hamda vazirliklarga
xizmat ko„rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar
rejalarida hisobga olingan.
Dostları ilə paylaş: