[
OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda
buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat
banklarining kreditlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
[
TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari.
Kreditlar;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3336]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-noyabr,
20/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son
qaroriga
1-ILOVA
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi
Mazkur hujjat tijorat banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.