Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank mas‟ul ijrochilarining vazifalari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Bank mas‟ul ijrochilarining vazifalari. 
Hisob-operatsion appara-
tining asosiy xodimlari – bu mas‟ul ijrochilardir. Bank mijozlarining 
asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijoz-
lar bilan muloqotda bo„lish aynan mas‟ul ijrochilarga yuklatilgan. 
Mas‟ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– biriktirib qo„yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan 
hisob-kitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish; 
– taqdim etilgan hujjatlar bo„yicha pul o„tkazish yoki pul to„lash 
mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag„larining 
yetarliligi asosida aniqlash; 
– kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonu-
niyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga mu-
vofiqligini tekshirish; 
– akkreditiv, chek, to„lov topshirig„i, to„lov talabnomasi, inkasso 
topshirig„i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar 
transport hujjatlarining to„g„ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha 
rekvizitlarning mavjudligini aniqlash; 
– pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kar-
tochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to„g„ri kelishini 
tekshirish; 
– chek bo„yicha ish haqi uchun mablag„larni belgilangan hajm 
doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag„lar hisobini yuritish; 
– mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijti-
moiy sug„urtasi bo„yicha to„lovlar summalarining o„z vaqtida o„tkazili-
shini nazorat qilish; 
– hisob-kitob hujjatlari bo„yicha inkasso kartotekasini, o„z vaqtida 
to„lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish; 
– mijozlar va bank operatsiyalari bo„yicha shaxsiy hisobvaraqlar-
dagi yozuvlarning to„g„riligini tekshirish va ulardan ko„chirmalarni mi-
jozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish; 


19 
– operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko„rsatish grafigiga 
amal qilish va hokazo.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin