13
Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo„linish ahamiyatli bo„lib,
bankning bitta bo„limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo„lgan
xodimlardan o„zining barcha masalalarini yechish imkoni yuzaga keladi.
Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to tugaguniga qadar faqat Front-ofis
xodimlari bilan aloqada bo„lib, Bek-ofis
mavjudligi mijoz uchun
ahamiyatsiz hisoblanadi.
Front-ofis
mijozlar bilan bevosita muomalada bo„ladigan
va barcha bank xizmatlarini ko„rsatadigan bankning operatsion
xodimlari guruhidan iborat bo„ladi.
Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1)
bank mijozlariga xizmat ko„rsatishni
taklif qilish va ular yuza-
sidan shartnomalar tuzish;
2)
mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini,
shuningdek, “Bank-
mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3)
mijozlarning bank orqali o„tadigan
operatsiyalarini huquqiy va
moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o„tkazish;
4)
mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o„tkazilishini tas-
diqlovchi tilxat berish.
Front-ofis quyidagi bo„limlardan iborat:
1.
Yuridik shaxslarga xizmat ko„rsatuvchi korporativ bo„lim.
2.
Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko„rsatuvchi bo„lim.
3. Bankning ichki operatsiyalarini (depozit, kredit, qimmatli qog„oz-
lar, valuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo„lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o„ta muhim mijozlar (VIP) ga xiz-
mat ko„rsatuvchi alohida bo„lim tashkil etilishi mumkin.
Front-ofis tarkibiy bo„limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil
ma‟lumotga ega bo„lish uchun “O„zbekiston
Respublikasi banklarida
buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
tartibi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqa-
ruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1834-
son bilan O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro„y-
xatga olingan yo„riqnomaning tegishli ilovalari
bilan tanishib chiqish
tavsiya etiladi.
Bek-ofis
– Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o„tgan
va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy na-
zoratdan o„tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi
buxgalterlar guruhi.
Dostları ilə paylaş: