11
sug„urta idoralari, kasaba uyushmalari va boshqalar.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari
hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o„rtasida hisob
ishlari taqsimotini, qo„llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisob-
lash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo„ladi.
Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to„g„ri qabul
qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma‟lumotlarini o„z vaq-
tida va to„g„ri tuzilganligiga bog„liq bo„ladi. O„z vaqtida olinmagan yoki
noto„g„ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma‟lumotlari noto„g„ri qarorlar
qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko„rishiga, ba‟zi hollarda
esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo„lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: