3
KIRISH
O„zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan
tashkil topgan bank tizimi faoliyat ko„rsatmoqda. Respublika bank tizi-
mini izchil ravishda isloh qilish orqali uning mustahkam va barqaror-
ligini ta„minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bank tizimida
yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.Karimovning
2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O„zbekistonni ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlan-
gan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzада ham aytib o„tilgan.
«So„nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar
ko„paydi. Birgina o„tgan yilning o„zida yetakchi banklarning nizom jam-
g„armalarini oshirish uchun qo„shimcha ravishda 500 milliard so„mdan
ortiq davlat mablag„lari ajratildi. Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank
tizimining 90 foizdan ortig„ini tashkil qiladigan 14 ta tijorat banki «Fitch
Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro rey-
ting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olish-
ga muvaffaq bo„ldi.»
1
Banklarning barcha operatsiyalari jahon tajribasidan foydalangan
holda bajarilmoqda. Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalarga javob beradigan
tarzda olib borish uchun banklar buxgalteriya
hisobining yangi hisob-
varaqlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. “Banklarda bux-
galteriya hisobi va operatsion texnika” fani orqali talabalarga ushbu
hisobvaraqlar rejasi asosida bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
va rasmiylashtirish tartibi o„rgatiladi.
Ushbu o„quv qo„llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion
texnika”
fani bo„yicha tasdiqlangan namunaviy hamda ishchi dastur aso-
sida yaratilgan bo„lib, unda banklarda buxgalteriya hisobining tashkil
etilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning turlari, bank mijoz-
lariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritilgan. O„quv qo„llanmada
Markaziy bank va tijorat banklarining
hisob raqamlar rejasi, ularning
strukturasi, bu rejalarning alohida xususiyatlari ko„rsatib o„tilgan.
Ma‟lumki, banklar mijozlarga xizmat ko„rsatish jarayonida juda
ko„plab operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hiso-
bini to„g„ri va o„z vaqtida yuritish iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tez-
lashtirish, xo„jalik yurituvchi subyektlarning o„zaro majburiyatlarini ba-
1
Karimov I.A. Аsosiy vаzifamiz – vаtаnimiz tаrаqqiyoti ва хаlqimiz
fаrоvоnligini yanаdа
yuksаltirishdir. – Т.: “O„zbekiston”. 2010-yil.
4
jarishga yordam beradi. Ushbu o„quv qo„llanmada banklar tomonidan
bajariladigan operatsiyalar, jumladan,
naqd pulsiz hisob-kitoblar, qim-
matli qog„ozlar, kassa, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalari ham-
da banklararo hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi bataf-
sil yoritib berilgan. Bank asosiy vositalari, kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlar, nomoddiy aktivlar, bank daromadlari va xarajatlarining bux-
galteriya hisobini yuritish tartiblariga ham alohida o„rin berilgan.
Banklarda bajariladigan operatsiyalarning
buxgalteriya hisobini
tashkil etish tartibi o„quv qo„llanmaning 11 ta bobida yoritib berilgan.
O„quv qo„llanmaning I bobida banklarda buxgalteriya hisobini
tashkil qilish asoslari, bank hisob-operatsion bo„limining tuzilishi va
ushbu bo„lim xodimlarining vazifalari, banklarning hisobvaraqlar rejasi,
uning tuzilishi, Markaziy bank va tijorat banklari hisobvaraqlar rejalari-
ning o„xshashligi va farqli tomonlari, banklarda buxgalteriya yozuvlarini
bajarish asoslari, bank balansi va uning tuzilishi yoritilgan.
O„quv qo„llanmaning II bobida banklarda analitik va sintetik hi-
sobning
tashkil etilishi, Bosh va yordamchi kitob materiallari, ularni
o„zaro solishtirish va xatolarni tuzatish kabi ishlar o„z ifodasini topgan.
Ushbu o„quv qo„llanmaning III bobida banklarda ishlatiladigan
hujjatlar,
ularning asosiy rekvizitlari, to„ldirish tartibi, bankda hujjatlar
aylanishi va bank hujjatlarni saqlash tartibi ko„rsatilgan.
O„quv qo„llanmaning IV bobida banklar tomonidan mijozlarga
hisob raqamlar ochish va ularni yuritish tartibi, shuningdek, ushbu hisob
raqamlarni yopish, boshqa banklarga o„tkazish va qayta rasmiylashtirish
tartiblari ham ko„rsatib berilgan.
O„quv qo„llanmaning qolgan V-IX boblarida bankning turli operatsiya-
lari, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitob, banklararo hisob-kitob, qisqa va
uzoq muddatli kredit, kassa, qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar-
ning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritib berilgan.
Oxirgi
Dostları ilə paylaş: