9
– operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonun-
ga
zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo„qotib qo„yilgan
hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash;
–
operatsiyalar bajarilishi, rasmiylashtirilishining qonuniyligi va
to„g„riligini keyinchalik tekshirish va ma‟lumotlar
olish imkoniyatini
yaratish;
– bankda ish kuni tartibiga qat‟iy rioya qilish;
– zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanish
asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag„ sarfini
kamaytirish, ular hisobini
yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo.
Umuman, yo„riqnomada bayon etilgan buxgalteriya ishi va buxgal-
teriya hisobi yuritishni tashkil etishning tartibi yangi kompyuter texnikasi
qo„llaniladigan sharoit asosida belgilangan. Yo„riqnomada va uning ilova-
larida berilgan operatsiyalarni bajarish,
rasmiylashtirish, hisobga olish
va nazorat qilish to„g„risidagi ko„rsatmalar O„zbekiston Respublikasida-
gi barcha banklar uchun majburiydir.
Yuqorida banklarda buxgalteriya hisobining ahamiyati, buxgalteriya
hisobi oldida turgan vazifalari, buxgalteriya hisobini olib borishning me-
todologik asoslarini ko„rib chiqdik. Endi buxgalteriya hisobi va moliya-
viy hisobot ma‟lumotlarining ahamiyati haqida qisqacha fikr yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: