Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

20100 
Pul emissiyasi 
20102 – Muomalaga chiqarilgan banknotlar 
20106 – Muomalaga chiqarilgan tangalar 
Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank-
notlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya‟ni majburiyatlar 
bo„limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo„li-
mida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlari-
ning talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg„arib boriladigan mud-
datli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining 
daromad va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan 
bo„limda “E‟lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” 
kabi hisobvaraqlar ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining 
“Kapital” bo„limida oddiy va imtiyozli ro„yxatdan o„tkazilgan ustav ka-
pitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy 
banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo„lmagan hisobvaraqlar ochiladi. 
Bundan tashqari, banklarning daromadlari va xarajatlari bilan 
bog„liq xususiyatlar ham mavjud. Masalan, qog„oz pullarni bosmadan 
chiqarish va tangalarni zarb etish bo„yicha xarajatlarni hisobga olib 
borish uchun qog„oz pullarni bosmadan chiqarish va tangalarni zarb 


21 
etish xarajatlari nomli asosiy hisobvaraq va unga qarashli 5 ta subhisob-
varaqni oladi. Ularda banknotlarni bosmadan chiqarish xarajatlari, tan-
galarni zarb etish xarajatlari, banknotlarni tashish xarajatlari, tangalarni 
tashish xarajatlari va milliy valutaning himoyaviy xossalari va dizayni 
bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga xarajatlar hisobi olib boriladi. 
Bundan tashqari, Markaziy bank barcha tijorat banklari o„rtasidagi 
banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli bunday hisob-ki-
toblar hisobini yuritish uchun tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari 
bilan birgalikda banklararo hisob-kitoblar bo„yicha 27416-tranzit hisob-
varag„i ochilgan. Bunday hisobvaraq tijorat banklarining hisobvaraqlar 
rejasida yo„q.
Tijorat banklari iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shaklla-
riga tegishli xo„jaliklarga xizmat ko„rsatadi, shunga asosan tijorat bank-
larida alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tar-
moqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari hamda vazirliklarga 
xizmat ko„rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar 
rejalarida hisobga olingan.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin