Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi


AH 
SC 
K
– hisobvaraq kategoriyasini bildiradi, ya‟ni:
1 – Aktivlar; 
2 – Majburiyatlar; 
3 – Kapital; 
4 – Daromadlar; 
5 – Xarajatlar; 
9 – Ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha hisobvaraqlar. 
AH
– yuqorida sanab o„tilgan kategoriyalardan biriga qarashli 
asosiy hisobvaraq 
01 – asosiy hisobvarag„i naqd pullar va boshqa kassa hujjatlarini 
bildiradi, ya‟ni bank aktivlaridan biri bo„lgan naqd pullar. 
SC 
– asosiy hisobvaraqqa qarashli bo„lgan subschyot. 
Masalan, 10000 – aktivlarni bildiradi. 
10100 – aktivlar bo„limiga qarashli naqd pullar va boshqa kassa 
hujjatlarini bildiruvchi asosiy hisobvaraq. 
10101 – aylanma kassadagi naqd pullarni bildiruvchi hisobvaraq. 
Demak, 1 – aktivlar; 
01 – naqd pullar; 
01 – aylanma kassadagi naqd pullar. 
Lekin ko„rsatilgan raqamlarning har biri alohida (01, 1) emas, bal-
ki birga yoziladi va o„qiladi, ya‟ni 10101, 10102, 10105 va hokazo. 
Barcha kategoriyaga qarashli asosiy va subschyotlar xuddi yuqori-
dagi tartibda nomerlanadi. 
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo„linadi, har 
bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 


23 
10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb 
nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o„z ichiga oladi: 
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 
10102 – zaxiradagi naqd pullar; 
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari
10107 – bankomatlardagi naqd pullar; 
10109 – yo„ldagi pullar; 
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. 
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo„yicha 
ko„rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha 
saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya‟ni, 
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga te-
gishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha 
yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o„z ichiga oladi: 
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha ta-
lab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20203 – Respublika qaramog„idagi budjet tashkilotlarining budjet-
dan tashqari mablag„lari bo„yicha muddatsiz depozitlari; 
20204 – Mahalliy budjet qaramog„idagi budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha talab qilinguncha saqlanadigan 
depozitlari; 
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlana-
digan depozitlari; 
20206 – Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlari; 
20207 – Respublika yo„l jamg„armasining talab qilinguncha saqla-
nadigan depozitlari; 
20208 – Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarning 
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20210 – Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20212 – Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozitlari; 
20214 – Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib 
olinadigan depozitlari; 
20216 – Bank bo„lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 


24 
20218 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan 
depozitlari; 
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar. 
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 
asosiy hisobvarag„i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o„z ichiga olar 
ekan. Yuqorida sanab o„tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi kor-
xona va tashkilotlarining hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo„-
lib, ular orqali mijozlarining hisob-kitob, kassa, kreditni qaytarish va 
boshqa operatsiyalari o„tkaziladi. 
Korxona va tashkilotlar o„zlarining ortiqcha pul mablag„larini jam-
g„armali (20400) yoki muddatli (20600) depozitlarda saqlashlari mum-
kin. Bu asosiy hisobvaraqlar ham talab qilib olinadigan depozitlar hisob-
varaqlari kabi nomerlanib, o„z ichiga yuqorida ko„rsatilgani kabi bir nechta 
qo„shimcha hisobvaraqlarni oladi. Hisobvaraqlar rejasining qolgan 
bo„limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin