Passiv hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni aks ettiruvchi jadval
Debet
Summa
Kredit
Summa
4. Majburiyatlarning kamayishi
(Mablag„lar manbalarining
kamayishi) ya‟ni mablag„lar-
ning hisobdan chiqarilishi
a) .............
b) .............
v) .............
g) ..............
5. Mablag„larni hisobdan chiqari-
lishi bo„yicha aylanmalar sum-
masi (a+b+v+g)
1. Kun boshiga bo„lgan
dastlabki qoldiq
2. Mablag„larning
kelishi (majburiyat-
larning ko„payishi)
a) ..............
b) ............
v) ..............
3. Mablag„larning keli-
shi bo„yicha aylanma-
lar summasi (a+b+v)
6. Kun oxiriga bo„lgan
qoldiq (1+3-5)
Passiv hisobvaraqlar bo„yicha kun oxiriga bo„lgan qoldiqni (6)
hisoblab chiqarish uchun kreditda aks ettirilgan kun boshiga bo„lgan
qoldiqqa (1) kun bo„yi kelib tushgan mablag„lar yig„indisini ifodalovchi
aylanmalar summasini (3) qo„shib passiv hisobvaraq debetidan o„tgan
kun bo„yi mablag„larning chiqib ketish bo„yicha aylanmalarni ifodalov-
chi aylanmalar summasini (5) ayiramiz. Umumiy qilib aytganda, hisob-
varaqning qaysi tomonida qoldiq bo„lsa, shu tomondagi mablag„lar
qo„shilib, qarama-qarshi tomondagi mablag„lar summasi ayiriladi.
1.6. Bank balansi va uning tuzilishi
Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijala-
rini ko„rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Balans
yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Unda
bankning o„z mablag„lari va jalb qilingan mablag„lari hamda ularning
joylashtirilishi ifodalanadi. Turli mulkchilik shakllariga tegishli bo„lgan
27
korxona va tashkilotlardan farqli ravishda banklarda har bir ish kuni bo„-
yicha kunlik balans tuziladi. Bundan tashqari, oylik, choraklik va yillik
hisobot balanslari ham tuziladi.
Balans so„zi lotincha “
bislans
” so„zidan olingan bo„lib, “bis” –
ikki marotaba, “lans” – tarozining ikki pallasi ma‟nosini bildiradi.
Demak, balans ikki qismdan, ya‟ni aktiv va passiv qismlardan
iborat bo„lib, ular bir-biriga teng bo„lishi kerak. Bank nuqtayi nazaridan
aktiv va passiv tomonlarning o„zaro tengligi balans to„g„ri chiqarilgani,
ya‟ni bank ish kuni to„liq yakunlanganligini bildiradi.
Balansning birinchi bo„limi «AKTIVLAR» bo„limi bo„lib, o„z
ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd
pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun
10100 hisob raqami ajratilgan. Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va
boshqa kassa hujjatlari” bo„lib, o„z ichiga “Kassadagi naqd pullar”,
“Naqd pullar zaxirasi”, “Yo„ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish
shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank
binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator
subhisob raqamlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, ushbu bo„limda 10300 – “O„zbekiston Respubli-
kasi Markaziy Bankidagi hisob raqamlari”, 10500 – “Bankning bosh-qa
banklardagi hisob raqamlari” nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga
tegishli bo„lgan bir qator subhisob raqamlari ochilgan. Respublikadagi
mavjud qonun qoidalarga asosan barcha Respublika tijorat banklari
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o„z vakillik hisobvaraq-
larini ochadilar. Mablag„ o„tkazish yoki mablag„larni tushirish bo„yicha
amalga oshiriladigan banklararo operatsiyalar tijorat banklarining vakil-
lik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralar fondi ham
Markaziy Bankdagi alohida hisobvarag„ida turadigan bank mablag„i
bo„lib, O„zbekistonning barcha tijorat banklari tomonidan majburiy tar-
tibda zaxiralanadi, bu esa tijorat bankining likvidligini saqlab turishga
ma‟lum darajada kafolat bo„ladi. Majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar-
ning foiz stavkalarini belgilash Markaziy Bank tomonidan o„tkaziladi-
gan tijorat banklari likvidligini saqlab turuvchi eng ta‟sirchan mexanizm
hisoblanadi.
Oldi-sotdi uchun mo„ljallangan qimmatli qog„ozlar bo„yicha ope-
ratsiyalar hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900
hisob raqami esa oldi-sotdi uchun mo„ljallangan qimmatbaho metallarni
28
hisobga olish uchun mo„ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham
bir necha subhisob raqamlarni o„ziga birlashtiradi. Qimmatli qog„ozlar-
ga qo„yilmalar tijorat bankining fond bozoridagi operatsiyalarini aks
ettiradi va balans aktivining boshqa ko„rsatkichlari bilan taqqoslanganda
qimmatli qog„ozlar bilan bo„ladigan operatsiyalarida bankning amaliy
faolligini ifodalaydi.
Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bir qator asosiy
hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Masalan: 12100 – Boshqa bank-
larga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12300 – Hukumatga berilgan
qisqa muddatli kreditlar, 12500 – Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa
muddatli kreditlar, 12600 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan
qisqa muddatli kreditlar, 12700 – Davlat korxona, tashkilot va muas-
sasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12900 – Chet el kapitali
ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 13100 –
Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa
muddatli kreditlar.
Uzoq muddatli kreditlar esa 1450–15500 hisobvaraqlarda hisobga
olinadi. Bu kreditlar ham turli mulkchilik shakllariga oluvchilar bo„yi-
cha umuman, kreditlar tijorat banklarining kreditga doir operatsiyalari-
dan bank foyda olishini belgilovchi moddasi hisoblanadi.
Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo„jalik yurituvchi
subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilina-
di. Sud jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda
olib boriladi. Bank investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga
olinadi va ikki kategoriyaga bo„linadi:
– Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag„lar,
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining obligatsiyalariga hamda
xususiy obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag„lar;
– O„z qimmatbaho qog„ozlariga qo„yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli
qog„ozlarning hisobi yuqorida ko„rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi.
Bosh bank agentliklaridagi mablag„larni hisobga olib borish uchun
16100 hisob raqam ajratilgan. Bu hisob raqamda Respublikada joylash-
gan bosh bank bo„limlar yoki bo„limlararo bo„linadigan milliy va xorijiy
valutalardagi operatsiyalarning hisobi olib boriladi. 16300 hisob raqam
aktivlar bo„yicha hisoblangan foizlarni hisobga olishga mo„ljallangan.
Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib
boriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining aso-
siy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o„z faoliyatini tashkil
29
qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-
sharoitga ega bo„lishi lozim. Kliring hisobvaraqlari va boshqa aktivlar
17300 va 19900 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi.
II bo„lim «MAJBURIYATLAR» bo„limi bo„lib, bank balansining
majburiyatlar bo„limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari
muddati va uni qo„ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha
tasniflanadi.
Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg„armali
va muddatsiz depozit turlariga bo„linadi. Talab qilib olinguncha saq-
lanadigan depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi.
Unga o„zi o„z ichiga 20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub
hisob raqamlar turli mulkchilik shakllariga tegishli bo„lgan mijozlarning
talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari bo„yicha alohida tasniflanadi.
Jamg„armali va muddatli depozitlar ham xuddi shunday tasniflanib, ular
bo„yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda yuritiladi.
Majburiyatlar bo„limda yana 20800 «O„zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining hisob raqamlari» deb nomlangan asosiy hisob ra-
qamlari boshqa banklarga to„lanadigan hisob raqamlar esa 21000 asosiy
hisob raqamida yuritiladi. Boshqa banklardan va mijozlardan olingan
kreditlar muddatlari va kreditorlarning turlari bo„yicha tasniflangan.
«Bank tomonidan olingan uzoq muddatli kreditlar» – 22000 asosiy hisob
raqamda hisobga olib boriladi. Bu asosiy hisob raqamlarning har biri
kreditorlarning turiga ko„ra hisobga olib borish uchun mo„ljallangan sub
hisob raqamlarni birlashtiradi.
Majburiyatlar bo„yicha hisoblangan foizlarni hisobga olish uchun
22400 hisob raqam ajratilgan. Bank o„zining har xil majburiyatlar
bo„yicha to„lashi uchun hisoblangan foizlari 22402-22496 balans hisob
raqamlarida hisobga olib boriladi. Bunga bankning depozit majburiyat-
lari bo„yicha hisoblangan, lekin xali to„lanmagan foizli xarajatlar kiradi.
Ushbu hisob raqamlar bo„yicha to„lovlar ular amalga oshirilgan davr
uchun hisoblanadi, ya‟ni to„lovlar qaysi hisobot davriga tegishli bo„lsa,
o„sha hisobot davri uchun aks ettiriladi.
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlarni hisobga olish
uchun 23400 – «Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar»
asosiy hisob raqamida aks ettiriladi. Shu hisob raqamlariga tegishli bo„l-
gan 23402-23432 balans hisob raqamlarida hukumatning «Davlat bud-
jeti to„g„risida»gi Qonunda ko„zda tutilgan daromadlar bo„yicha tu-
30
shumlari hisobga olinadi. Boshqa barcha passivlar 29800 asosiy hisob
raqam orqali ifodalanadi.
Bank balansining III bo„limi «XUSUSIY KAPITAL» bo„limidir.
Ushbu bo„lim o„z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo„shim-
cha kapital» va 30900 – «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob
raqamlarini oladi. Tijorat bankining aksiyadorlik kapitali bankning o„z
mablag„lari hajmini ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining
kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa
bank daromadlarini yaxshilaydi.
Kapital bo„limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hi-
sob raqam «Taqsimlanmagan foyda»ni hisobga olib borish uchun, 30908
hisob raqam esa boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi
qo„shimcha qiymatni hisobga olib borish uchun ochilgan. Ushbu hisob
raqamda inflatsiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati qayta baho-
langanda ularning boshlang„ich bahosiga nisbatan qo„shimcha qiymati-
ning summasi aks ettiriladi.
Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo„lim, ya‟ni «DARO-
MADLAR» bo„limi ajratilgan. «Daromadlar» bo„limi o„z ichiga bank-
ning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daro-
madlar 40200-44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari
bo„yicha amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daro-
madlari 40201-44901 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans
hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali olinmagan daromadlar summa-
siga 16300 – «Aktivlar bo„yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag„idagi
tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos kelgan daro-
madlar balans hisob raqami kreditlanadi.
Vositachilik va boshqa xizmatlar bo„yicha daromadlar 45200 aso-
siy hisob raqamda, xorijiy valutadagi daromad esa 45400 hisob raqamda
hisobga olib boriladi.
Tijorat operatsiyalari bo„yicha olingan foyda 45600 asosiy hisob
raqamlarida hisobga olinadi. Ushbu asosiy hisob raqamga tegishli bo„l-
gan, barcha hisob raqamlar bankning qimmatli qog„ozlar, qimmatbaho
metallar vositasida amalga oshirilgan tijorat operatsiyalari natijasida
olingan daromadlar hisobini yuritish uchun mo„ljallangan.
45800 asosiy hisob raqamda investitsiyalardan olingan foyda va
dividendlar hisobga olib boriladi. Investitsiyalarni sotish qiymati ushbu
aktivlarni sotib olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan
qiymati nisbati yuqori bo„lganda foyda olinishi mumkin.
31
Boshqa foizsiz daromadlar 45900 asosiy hisob raqamda hisobga
olib boriladi. Bu hisob raqam bankning imoratlari, jihozlari, ko„chmas
mulki va boshqa xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan
daromadlarning hisobini yuritish uchun mo„ljallangan.
Bank balansining V bo„limi bu «XARAJATLAR» bo„limidir. Bu
bo„limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan
hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo„yicha foizli
xarajatlarining hisobi 50101-54902 balans hisob raqamlarida yuritiladi.
Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo„yicha tasniflangan.
Bankning vositachilik xarajatlari va turli xizmatlar bo„yicha
xarajatlar 55100 balans hisob raqamida hisobga olinadi. Xorijiy valuta-
larda ko„rilgan zarar esa 55300 balans hisob raqamida aks ettiriladi. Bu
hisob raqam banklarning spot, forvard, opsion va fyuchers shartlari aso-
sida tuzgan valuta bitimlari bo„yicha ko„rgan zararlarining hisobini yuri-
tishga mo„ljallangan.
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko„chmas mulkni sotishdan
ko„rilgan zararlar hamda yuqorida ko„rsatilgan hisob raqamlarda, hisob-
ga olingan zararlarning hech biriga tegishli bo„lmagan boshqa foizsiz
xarajatlar 55900 – «Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks
ettiriladi. Bankning operatsion xarajatlarini hisobga olib borish uchun
56100 «Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa
xarajatlar», 56200 «Ijara va ta‟minot xarajatlari», 56300 «Xizmat safari
va yo„l xarajatlari», 56400 «Ma‟muriy xarajatlar», 56500 «Reprezen-
tatsiya xarajatlari» 56700 «Sug„urta, soliq va boshqa xarajatlar» kabi
hisob raqamlar ochilgan. Bankning ko„rilishi mumkin bo„lgan zararlari
56800 asosiy hisob raqamda bankning daromad solig„ining baholanishi
esa 56900 hisob raqamda hisobga olib boriladi.
VI bo„lim «KO„ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO„YICHA
HISOB RAQAMLAR» bo„limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar
ham xuddi balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv
asosida olib boriladi. Buning uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir
balansdan tashqarida joylashgan hisob raqam uchun kontr – hisob raqam
biriktirib qo„yilgan bo„lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish
maqsadida ishlatiladi.
«Savdoni moliyalashtirish» 90900 asosiy hisob raqamlarga tegishli
barcha hisob raqamlarga kontr-hisob raqam ajratilgan Bankning bergan
va olgan kreditlari bo„yicha «Kredit majburiyatlari» – 91800 asosiy hi-
sob raqamiga esa tegishli 96351 – «Berilgan kreditlar bo„yicha
32
majburiyatlar» va 96356 – «Olingan kreditlar bo„yicha majburiyatlar»
kontr hisob raqamlari biriktirib qo„yilgan.
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o„z
ichiga olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter
unga imzo qo„yishlari lozim. Shundan so„ng, bank ish kuni to„liq yakun-
langan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |