Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi
Kirim kassa jurnali _________Bank kodi
Sana
Mijoz hisob
raqami
Kirim kassa hujjati
Hisobot
ramzi
Summa
Nazorat-
chi imzosi
Kassir
imzosi
sana seriyasi nomeri
Sana
Mijoz hisob
raqami
Kirim kassa hujjati
Hisobot
ramzi
Summa
Nazorat-
chi imzosi
Kassir
imzosi
sana seriyasi nomeri
Sana
Mijoz hisob
raqami
Kirim kassa hujjati
Hisobot
ramzi
Summa
Nazorat-
chi imzosi
Kassir
imzosi
sana seriyasi nomeri
Kirim kassa jurnalida bir necha mijozning kirim kassa ope-
ratsiyalari qayd etiladi. Chiqim kassa jurnalining ham ko„rinishi shunday
bo„lib, unda chiqim kassa hujjati sanasi, nomeri va seriyasi ko„rsatiladi.
Kassa jurnallari dasturiy yo„l bilan alohida kassa kirimi va chiqimi
bo„yicha ikki nusxada tuziladi. Balans hisobvarag„i va butun jurnal
bo„yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa ma‟lumotlari bilan taq-
qoslangandan so„ng birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma‟lumotlarini
Bosh daftar ma‟lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek, kirim va chiqim
hujjatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. Operatsion kun tugagandan
so„ng, ular yig„majildga, ya‟ni alohida papkaga tikilib, har kuni
hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlovchi xodimga taqdim etiladi.
Bank asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallari sotib olin-
ganda ularning har biri bo„yicha alohida kartochka ochib, qabul qilish
sanasi, summasi, hisoblanib borilayotgan eskirish summasi, ularning
qoldiq summasi, ya‟ni balans qiymati kabilar ko„rsatib boriladi. Ushbu
kartochkadagi ma‟lumotlar asosida moddiy boyliklar haqida batafsil
axborot olish mumkin bo„ladi.
Shunday qilib, biz Yordamchi kitob orqali moddiy boyliklar,
mablag„larni konkret ko„rinishda hisobga olinishi, mablag„ va moddiy
43
boyliklar bo„yicha hisob-kitoblarni nomma-nom turi bo„yicha alohida
olib borilishi bilan tanishib chiqdik.