Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari 
tomonidan so„ralganda; 
b) Davlat nazorat idoralari, jumladan sud va soliq idoralari 
tomonidan yozma ravishda talab qilib so„ralganda. 
Boshqa hollarda mijozlar hisobvaraqlarining ahvoli haqida yozma 
ravishda ma‟lumot berish taqiqlanadi.
Shunday holatlar ham bo„ladiki, mijozlar biror sabab bilan bank-
dan olgan o„z shaxsiy hisobvaraqlarining ko„chirmalarini yo„qotib qo„-
yishlari mumkin. 
Agar mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko„chirmani yo„qotib qo„ysa, 
mijozga ko„chirma dublikati berilishi mumkin. Buning uchun mijoz 
ko„chirmani yo„qotish sabablarini ko„rsatgan holda ariza yozib bank 
rahbariga taqdim etishi lozim. Arizaga korxona rahbari va bosh buxgal-
ter imzo qo„yishlari kerak. 
Ushbu ariza asosida bank rahbari yoki uning muovini yozma rux-
satnoma berganlaridan so„ng mijozga shaxsiy hisobvaraqdan ko„chirma 
taqdim etiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko„chirma dublikatlari ksero-
nusxa asosida olinadi. Ushbu dublikatga hisobvaraq egasi bo„lgan mi-
jozga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochi va bosh buxgalter yoki uning 
yordamchisi imzo qo„yadi hamda bank muhri bilan ushbu imzolar tas-
diqlanadi. Dublikati olingan shaxsiy hisobvaraqning bankda qolgan sar-
varag„iga shu hisobvaraqdan dublikat berilgani haqida belgilab 
qo„yiladi, ya‟ni 2010__yil “__” _________da ko„chirma dublikati berildi 
degan so„zlar yozib qo„yiladi. Bu yozuv ham bank bosh buxgalteri yoki 
uning yordamchisi (muovini) ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yordamchi kitobning asosiy materiali – shaxsiy hisobvaraqlar bo„l-
gani uchun biz ular haqida batafsil to„xtab o„tdik. Lekin kitobning bosh-


41 
qa materiallari ham bo„lib, ular ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha hisob-
varaqlar uchun ochilgan kartotekalar (qutilar) da saqlanuvchi hujjatlardir.
Masalan: “To„lov muddatini kutayotgan hujjatlar” (to„lash uchun 
roziligi kutilayotgan hujjatlar) nomli 1-kartotekadagi to„lov talabno-
malari; “O„z vaqtida to„lanmagan hisob hujjatlari” deb nomlanuvchi 2-
kartotekadagi to„lov talabnomasi, to„lov topshirig„i, inkasso topshirig„i 
kabi hujjatlar ham tavsiliy hisob uchun asosiy materiallar bo„lib hisob-
lanadi. Bu hujjatlarning harakati bo„yicha ham hisobvaraqlar tuzilib, ular 
ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha hisobvaraqlar deyiladi. Bu hisobva-
raqlar ham alohida sanalar va hisobvaraq nomerlari bo„yicha broshyura 
holiga keltirilib, keyingi oyning 20-kunigacha bankning joriy arxiviga 
topshiriladi. 
Yordamchi kitob, ya‟ni analitik hisob materiallariga yana ope-
ratsion jurnal, kassa operatsiyalari bo„yicha yuritiladigan kirim kassa 
jurnallari va chiqim kassa jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomod-
diy aktivlari va materiallari bo„yicha yuritiladigan kartochkalarni ham 
kiritish mumkin. 
Operatsion jurnallar har bir mas‟ul ijrochi yuritadigan hisobvaraq-
lar bo„yicha alohida tuzilib, unda hisobvaraqlar bo„yicha o„tkazilgan 
operatsiyalar haqida ma‟lumot beriladi, uni shaxsiy hisobvaraqlarning 
umumiy ko„rinishi deyish ham mumkin. Operatsion jurnalda sana, 
hisobvaraq nomeri, debet va kredit aylanmalari hisoblash texnikasi 
dasturida nazarda tutilgan bo„lsa, hisobvaraq nomi ham ko„rsatiladi. 
Bank kassasi bilan bog„liq bo„lgan Yordamchi kitob materiallari 
ikkita bo„lib, ular:
– kassaning kirim jurnali;
– kassaning chiqim jurnali. 
Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi 
kassaning kirim jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda 
sana, pul topshirayotgan korxona hisobvarag„i nomeri, kirim kassa 
hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi ko„rsatiladi. 
Kassaning chiqim jurnali ham kundalik chiqim kassa operatsiyalari 
bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana, 
mijozning talab qilib olinadigan depoziti bo„yicha hisobvaraq nomeri, 
chiqim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi 
ko„rsatiladi. Shu bilan birgalikda nazoratchi va kassirning imzosi uchun 
ham alohida joy ajratilgan. Quyida kirim
 
kassa jurnalining shaklini 
keltiramiz.


42 
6-jadval. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin