45
2.4. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish
Har kuni ertalab operatsion kun boshlanmasdan oldin mas‟ul
ijrochilar bir kun avvalgi operatsiyalarning to„g„ri yakunlanganligini
nazorat qilish uchun dastlabki hujjatlarni Yordamchi kitob materiallari
bilan taqqoslaydilar, so„ng ularni Bosh kitobda qanday aks ettirilganligi
tekshirib chiqiladi. Ba‟zan xatoliklar aniqlanishi mumkin.
Lekin bunday hollarda kunlik balans
hisobotlari va shaxsiy
hisobvaraqlarga qo„lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo„l qo„yilmaydi.
Summalarni o„chirib yozish va tuzatish, shuningdek, o„chiruvchi suyuq-
liklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish qat‟iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib, O„zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga jo„natilganidan so„ng, xato yozuvlar
aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar
kiritilgan hisobvaraqlarga
ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish)
yo„li bilan tuzatish memorial orderlari asosida to„g„rilanishi lozim.
Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz
hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o„rtasida tuzilgan
shartnomada ko„rsatib o„tilgan bo„lishi shart.
Agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko„rsatsa, tuzatish
orderlari to„rt nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order
bo„lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar
uchun debet
va kredit yozuvlari bo„yicha bildirishnomalar hisoblanadi, to„rtinchi
nusxa esa order kitobchasida qoladi. Bu kitobcha bosh buxgalter yoki
uning o„rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga boshqa hujjatlardan
farqlanadigan tartib raqamlari qo„yilishi shart.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga
yo„l qo„yilgani ko„rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo„l-
gan bo„lsa, shu sabab ko„rsatiladi. Bunda memorial orderning to„rtinchi
nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo„l qo„yilgan-
ligi
qayd etiladi, ijrochi, shuningdek, noto„g„ri yozuvni nazoratdan o„t-
kazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko„rsatiladi. Tuzatish memorial
orderlari tuzilishida asos bo„lgan arizalar kitobga tikilgan memorial
orderlar bilan birga saqlanishi lozim.
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o„tkazmalari bilan tuza-
tilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To„g„rilan-
gan” belgisi qo„yilishi, to„g„rilash kiritilgan sana va to„g„rilangan me-
morial orderning raqami ko„rsatilishi shart. Bu qayd to„g„rilangan me-
46
morial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim
boshlig„i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter to„g„rilangan memorial orderlarning kitobchada
qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning
ishidagi xatolar hisobini
yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o„rganib, ishni yaxshilash chorala-
rini ko„radi.
Banklararo va filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni me-
morial orderlar bilan to„g„rilash qat‟iyan man etiladi. Banklararo va
filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni to„g„rilash uchun xato-
likka yo„l qo„ygan (tashabbuskor) bank filiali xato elektron to„lovi jo„-
natilgan (benifitsiar) bankka ”Lotus-Notes” aloqa elektron pochtasi
orqali xato o„tkazilgan to„lov to„g„risidagi ma‟lumotni ko„rsatgan holda
xato yuborilgan to„lov hujjatini qaytarish to„g„risida iltimosnoma xati
jo„natadi. Bu holda xato o„tkazilgan mablag„ qaytarilmasligidan qat‟iy
nazar, tashabbuskor bank mablag„ni xatolik
aniqlangan kundan keyingi
bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997 – Boshqa aktivlar” hisobva-
rag„i orqali oluvchining hisobvarag„iga o„tkazishi shart.
Dostları ilə paylaş: